Samsung smartfonlari, planshetlari va televizorlariga chegirma, yana sovg‘alari ham bor!

Aksiyalar doirasida ayrim planshetlar, televizor va flagman smartfonlarni qulay shartlar asosida olish mumkin. Ba’zi gadjetlar xaridida televizorgacha bo‘lgan sovg‘alar qo‘yilgan!

Redmi yanada arzon 5G-smartfon tayyorladi, xususiyatlari bilan tanishamiz!

Bu smartfon hali rasman namoyish etilmagan MediaTek Dimensity 820 protsessori bazasiga quriladi, boshqa xususiyatlari Redmi’ning hozirgi aksariyat hamyonbop modellari darajasida.

Narzo 10A hamda Narzo 10 chiqdi – ulkan akkumulyatorli arzon smartfonlar!

Narzo 10 o‘yinbop Helio G80 chipsetiga, 6,5 dyuymlik HD+ displeyga, 4/128 GB xotiraga hamda 48 MPlik kvadrokameraga ega. Narzo 10A esa 12 + 2 + 2 MPlik kamera, Helio G70 chipi va 3/32 GBlik xotiralidir.

LG atigi 150 dollarga uchtalik kamerali, «o‘ldirib bo‘lmas» smartfon chiqardi! (+«jonli» video)

Smartfon MIL-STD-810G harbiy standartiga ega, ya’ni nafaqat suv va changdan, balki zarbalardan ham himoyalangan. Uning 4000 mA/soatlik akkumulyatori zamonaviy USB Type-C porti orqali quvvatlanadi.

Samsung arzon narxda yupqa va metall korpusli planshet chiqardi

Exynos 9610 protsessorli Galaxy Tab S6 Lite diagonaliga 10,4 dyuymlik, tasvir aniqligi 2000x1200 piksellik IPS-displeyga ega. 7040 mA/soatlik akkumulyatori tufayli bitta quvvatda 13 soatgacha ishlay oladi.

Antiqa aksiya: RAZR «raskladushka»sidan bitta olsangiz, ikkinchisi – sovg‘a!

Kompaniya uni bo‘lib to‘lash usuli bilan ham sotyapti: boshlang‘ich to‘lovini amalga oshirib, Motorola RAZR’ni olib ketaverish mumkin, qolgan pulini esa oyiga atigi 42 dollardan uch yilda to‘lab tugatiladi.

iPhone SE 2’dan qo‘rqqan Samsung eng yangi flagmanlarini 50% chegirma bilan sotyapti!

To‘g‘ri, iPhone SE 2 narxiga va xususiyatlariga ko‘ra Galaxy S20’larga to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqib emas. Lekin Samsung aynan u sotila boshlashi bilan bu flagmanlarini bozorda ilgari surishga zo‘r bermoqda.

Eng arzon 5G-flagman endi Realme X50m emas – Redmi K30 5G narxi naq 55 dollarga pasaydi!

Yaqinlargacha eng arzon 5G-smartfon – Redmi K30 edi, ammo mazkur brendning jiddiy raqibi – Oppo korporatsiyaga qarashli Realme kompaniyasi undan ham zo‘rini yanada arzon narxda savdoga qo‘ygandi...

Xiaomi uchta ommabop smartfonini ancha arzonlashtirib sotyapti

Kuni kecha Mi Note 10 Lite, Redmi Note 9 hamda global Redmi Note 9 Pro smartfonlarini taqdim etgan Xiaomi ularning savdoga chiqishi arafasida oldingi rusumlardagi telefonlar narxini tushiryapti.

Samsung’ning eng arzon smartfoni – Galaxy M01 xususiyatlari sizga ham yoqadi!

Android 10 tizimli Galaxy M01 modeli Snapdragon 439 chipi va 3 GBlik tezkor xotiraga ega. Uning kemtikli displeyi 6,4 dyuymlik, tasvir aniqligi esa HD+ ekanligi ham oydinlashdi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш