Flyme 7 proshivkasi Meizu smartfonlarini, ayniqsa kameralarni yanada yaxshiladi

Kamera imkoniyatlari kengayishidan tashqari, smartfonlarni boshqarish uchun ekranda bajariladigan ishoralar tizimi yangilangan, displey sezuvchanligi yaxshilangan va tizim umumiy ishining samaradorligi oshirilgan.

RASMAN: Samsung smartfon va planshetlarining Android 9 Pie’gacha yangilanish muddatlari e’lon qilindi!

Android 9 Pie bazasidagi One UI proshivkasi 2019 yil yanvardan oktyabrgacha tarqatiladi. Bu ro‘yxatda jami yigirma to‘rtta modeldagi smartfonlar va planshetlarning yangilanish muddati ko‘rsatilgan.

5G’da ishlovchi iPhone ekranida selfi-kamera «tirqish»i ham bo‘ladi!

Apple o‘z smartfonlarining ekranlaridagi «tirqish»dan qutulishning turli yo‘llarini izlamoqda. Jumladan, endi Touch ID displeyga o‘rnatilayotgani haqida ham mish-mishlar tarqalgan.

Nokia’ning noma’lum flagmani «jonli» suratlarda: romsiz ekran va uch modulli kamera!

Noma’lum Nokia smartfonida selfi-kamera umuman ko‘rinmaydi – balki u korpus ichidan chiquvchi blokka joylanar? Shuningdek, hech qayerda barmoq izi skaneri ham yo‘q – uni ekranga joylagan bo‘lishlari mumkin.

Pocophone F2 bugunoq chiqishi mumkin: Snapdragon 855 chipli eng arzon flagman! (+suratlar)

Eng ilg‘or Android-protsessor – Snapdragon 855 bazasidagi eng arzon smartfon Xiaomi Pocophone F2 bo‘ladi. Unda barmoq izi skaneri bevosita «teshik» displeyning o‘ziga integratsiya qilinishi kutilmoqda.

Hamyonbop Galaxy M30 ham Geekbench’da «qo‘lga tushdi»: Exynos 7885 chipli va Android 8.1 Oreo tizimli!

Tekshirib ko‘rilgan smartfonning tezkor xotirasi 4 gigabaytlik, lekin uning boshqa konfiguratsiyalari ham bo‘lishi kutilmoqda. Galaxy M30 doimiy xotirasi ham 64 va 128 gigabaytlik talqinlarda bo‘ladi.

iPhone’ni yangilamay turing – u «g‘isht»ga aylanishi mumkin!

Yangilangan iPhone’lar o‘chirib-yoqilganidan so‘ng faollashmay qolmoqda. Shuningdek, ko‘p hollarda Wi-Fi bilan bog‘liq nosozliklar ham kelib chiqayotir.

160 dollarlik Mi Play chiqdi – tomchisimon «kemtik»li ilk «xitoycha iPhone», Helio P35 chipli ilk smartfon! (+«jonli» video)

Yoshlarbop Mi Play’ning 12+2 MPlik asosiy va 8 MPlik old kameralari portret rejimiga ega. Barmoq izi skaneri bo‘lsa-da, yuz skaneri orqali qurilmani qulfdan chiqarish funksiyasi ham qo‘shilgan.

2018 yilning eng yaxshi beshta smartfoni (Fortune versiyasi)

2012 yildan buyon ro‘yxatda Samsung va Apple yetakchi, ammo kuchlilar beshligida xitoyliklarning faolligiga qaraganda, yaqin yillarda ular kupertinolik va janubiy koreyalik raqiblarni quvib o‘tishsa kerak.

Galaxy Note 10 – Samsung’ning eng katta smartfoni!

Bundan tashqari, kompaniyaning beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi versiyadagi Galaxy S10 smartfoni displeyi ham boshqalarinikidan kattaroq – 6,66 dyuymlik bo‘lar ekan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш