Sony PlayStation 5: narxi va xususiyatlari, taqdimot va sotuvga chiqish vaqti

  •   DiMaX
  •  12507
  •  24.04.2019 14:57

Sony PlayStation 5: narxi va xususiyatlari, taqdimot va sotuvga chiqish vaqti

Hozirda o‘yin konsollari orasida Sony PlayStation modellari ancha ommalashgan. Hozirda uning to‘rtinchi avlod vakillari chiqqan bo‘lsa-da, dunyo bo‘yicha eng ko‘p sotilayotgani boshqasidir.

O‘QING: TOP-15: Eng ommabop o‘yin pristavkalari – PlayStation 4 atigi 6-o‘rinda!

Sony hozirda PlayStation 5 modelini hamda uning uchun ikkita o‘yinni tayyorlayotgani haqida avvalroq xabar berganmiz. Wired nashri esa mazkur devays haqida yangi ma’lumotlarni e’lon qildi.

Manbaga ko‘ra, ushbu konsolda hali rasman taqdim etilmagan AMD Ryzen 3600G protsessori qo‘llanadi. Ayrim xabarlarga qaraganda, ushbu chip joriy yilning yanvar oyida, CES 2019 ko‘rgazmasi doirasidagi qaysidir yopiq tadbirda ko‘rsatilgan.

Wired nashrining yozishicha, PlayStation 5 pristavkasini 399 dollarga baholaydi. Ushbu narxning yarmi esa AMD Ryzen 3600G protsessorining o‘zigagina tegishli – uning qiymati 180 dan to 220 dollargacha boradi!

O‘QING: Yashnobodlik «shovvoz»ga o‘yingohdan o‘marilgan PlayStation buyurmadi

Sony’ning o‘zi avvalroq «keyingi avlod konsoli» haqida ayrim tafsilotlarni ko‘zlab bergan. Unga ko‘ra, pristavkaning apparat platformasi asosini 7 nanometrlik texnologik jarayon asosida tayyorlangan, Zen 2 arxitekturali AMD Ryzen protsessori tashkil etadi. PlayStation 5 modelining grafik protsessori esa Radeon Navi turkumiga mansub bo‘lib, nurlarni trassirovka qila oladi. Shuningdek, undagi yaxshilangan SSD-xotira har qanday kompyuter xotira qurilmasidan ko‘ra yuqori darajada o‘tkazish qobiliyatiga ega va o‘yinlarning yuklanishini tezlashtirishga yordam beradi.

PlayStation 5 konsolini jamoatchilikka joriy yilning o‘rtalarida qisqacha ko‘rsatishadi, ammo uning to‘laqonli taqdimoti dekabrda bo‘lib o‘tadigan PlayStation Experience tadbiriga mo‘ljallangan. Bozorga esa bu pristavkani 2020 yilning apreli yoki hatto noyabridagina taqdim etishlari mumkin.

Sony kompaniyasining PlayStation 4 500GB rusumli o‘yin konsolini Terashop.uz internet-do‘konimizdan 3 385 000 so‘m evaziga sotib olish mumkin. Shuningdek, smartfonlarda o‘ynash uchun Ipega Batman Wireless geympadini atigi 249 000 so‘mga xarid qilish imkoni ham bor.

O‘QING: Xitoy qonli va g‘oyaviy jihatdan noto‘g‘ri o‘yinlarni taqiqlayapti

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!