VIDEO: Huawei Mate X jamlanmasida qanday yoqimli syurprizlar bor?

  •   DiMaX
  •  950
  •  17.10.2019 12:54

VIDEO: Huawei Mate X jamlanmasida qanday yoqimli syurprizlar bor?

Xitoylik texnogigant «har jihatdan eng zo‘r» mahsuloti – Mate X buklama smartfonini shu yilning boshida taqdim etgandi. Bozorga esa uni hali shu oyning oxiridagina rasman chiqarishadi, ammo...

O‘QING: Huawei Mate X’ni allaqachon Aliexpress’dan sotib olish mumkin, faqat narxi qo‘rqqulik!

Huawei bu orada o‘zining mazkur innovatsion gadjetining dizayniga ayrim o‘zgarishlar kiritdi, hatto chipsetini ham yangiladi. Mate X rasmiy taqdimot paytida Kirin 980 protsessori bazasiga qurilgan bo‘lsa, hozir uni beshinchi avlod uyali aloqa tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlaydigan Kirin 990 5G chipsetiga almashtirishgan.

Sotuvga chiqishi arafasida, Mate X qadog‘ini ochib ko‘rsatilgan videolavha paydo bo‘ldi. Flagmanning jamlanmasida eng e’tiborga sazovor aksessuar – charmdan ishlangan g‘ilof-konvert bo‘lsa kerak. Ko‘rinib turibdiki, buklama smartfon uchun eng mos keluvchi keys formati ayni shunaqasidir.

Shuningdek, qadoq ichida oq rangli boshqa aksessuarlar: USB-S kabeli, 55 vattlik tezkor quvvatlash blogi hamda quloqchin ham mavjud. Qutining o‘zi Huawei’ga mos klassik uslubda ishlangan.

Ta’kidlash kerakki, Huawei Mate X uchun naq 2300 yevro miqdorida narx belgilangan, lekin uning ham xaridori yetarlicha topiladi. Axir, yaqindagina xalqi qashshoq yurtda 2330 dollarlik smartfonning ilk partiyasi bir kundayoq sotilib ketgan, bunisi nima bo‘libdi!?

O‘QING: Rasman savdoga chiqmagan bu flagmanni allaqachon sotishyapti, lekin... naq 140 000 dollardan!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!