Video: politsiya o‘zining xakerlik qilayotganini ko‘rsatib maqtandi!

  •   DiMaX
  •  1249
  •  22.01.2020 10:46

Video: politsiya o‘zining xakerlik qilayotganini ko‘rsatib maqtandi!

Shotlandiya politsiyasi maxsus qurilmasidan foydalanish jarayoni aks etgan videoni rasman e’lon qildi. «Kiberkiosk» (Cyber Kiosk) deb nomlangan ushbu moslama yordamida bloklangan smartfondan ma’lumotlarni chiqarib olishyapti!

O‘QING: Apple sobiq muhandislari iPhone himoyasini buzuvchi gadjet taqdim etishdi!

«Kiberkiosk» aslida maxsus dasturiy ta’minotga ega desktop kompyuter bo‘lib, mobil qurilmadan ma’lumotlarni olish uchun unga kabel yordamida ulash kifoya. Kompyuter ekranida ochilgan panelda smartfondagi aynan qaysi ma’lumotlarni chiqarib olishni tanlashadi. Turli mediafayllar bilan birga, telefon kontaktlarini ham, SMS-xabarlarni ham olish mumkin.

Politsiyaning ta’kidlashicha, ular barcha ma’lumotlarni emas, balki aynan tergov ishi uchun keraklilarini olishadi. Shuningdek, bu ishni sud qarori bo‘lmagunicha amalga oshirishmaydi.

Xabarga ko‘ra, ushbu qurilmani Isroilning Cellebrite kompaniyasi tayyorlagan. Aytish kerakki, 2016 yili San-Bernardinoda terrorchilik hujumini uyushtirgan Said Farruxning iPhone’ini blokdan chiqarishda AQSh Federal qidiruv byurosiga ayni shu Cellebrite kompaniyasi yordam bergan. Mazkur kompaniya mutaxassislarining fikricha, har qanday smartfon, shu jumladan iPhone himoyasini ham buzish mumkin.

O‘QING: FBR jinoyatchining ayfonini Apple yordamisiz ham ocha oldi! Lekin terrorchiniki...

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.