Xiaomi’ning ikki ekranli smartfoni: Snapdragon 8150 chipi va uch modulli kamera!

  •   DiMaX
  •  1391
  •  28.11.2018 10:07

Xiaomi’ning ikki ekranli smartfoni: Snapdragon 8150 chipi va uch modulli kamera!

ZTE korporatsiyasiga tegishli brend yaqinda orqa tomoni ham to‘laqonli ekranga ega Nubia X flagmanini taqdim etgandi. Keyinroq esa xuddi shunday model ustida Vivo ham ishlayotgani haqida xabar tarqaldi.

O‘QING: Ikkita ekranli Vivo Nex 2 flagmani dekabrda taqdim etiladi!

Endi ma’lum bo‘lishicha, Xiaomi ham korpusining har ikki tomonida displeyga ega smartfon tayyorlayapti. Tabiiyki, bu haqda hozircha biror ramiy xabar yo‘q, yangicha qurilma haqida faqat insayderlik ma’lumotlari asosidagina tasavvurga ega bo‘lish mumkin.

Xiaomi’ning ikki tomonlama flagmani juda katta asosiy ekranga ega – diagonaliga 6,5 dyuymlik AMOLED-matritsa. Tasvir aniqligi 2340x1080 pikselni tashkil etuvchi bu displey smartfon old yuzasining 98 foizini tashkil etishi mumkin.

Orqa panelda esa 4 dyuymlik ikkinchi ekran o‘rin oladi, o‘lchami kichkina bo‘lsa-da, u ham yuqori – 2280x1080 piksellik aniqlikka ega. Qo‘shimcha ekranning ustida kamera tikkasiga joylashadi. Ob’yektivlarining aniqligi 12, 20 va 40 megapikselga teng bu kamera tasvirni optik barqarorlashtirish funksiyasi bilan ta’minlangan. Smartfonning orqa paneli Gorilla Glass toblangan shishasi bilan himoyalangan. Old panelning o‘ziga xosligi esa – mutlaqo romsiz displey va unga integratsiya qilingan barmoq izi skaneridir.

O‘QING: Xiaomi smartfoningiz bormi? Unda tanlovda qatnashib, 10 000 dollar yutib oling!

Ushbu devaysga Qualcomm kompaniyasining hozircha namoyish etilmagan eng ilg‘or Snapdragon 8150 protsessori o‘rnatiladi. Smartfonning tezkor xotirasi 6 va 8 gigabaytlik, ichki xotirasi esa 128, 256 va 512 gigabaytlik talqinlarda bo‘ladi. Ikki ekranli smartfon 3600 mA/soatlik akkumulyatorga ega bo‘lishi va 5G tarmog‘ini ham qo‘llab-quvvatlashi aytilmoqda.

Xiaomi bu gadjetini qachon taqdim etishi va qanchaga baholashi hozircha ma’lum emas. Kompaniyaning jahon bozoriga allaqachon taqdim etilgan aksariyat smartfonlarini esa Terashop.uz internet-do‘konimizdan 809 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda xarid qilish imkoni mavjud. Do‘konimizga yangi kelgan, hali quyidagi narxnomamizga kirmagan mobil kinoteatr – Mi Max 3 fabletini bo‘lsa 2 188 000 so‘m evaziga sotib olishingiz mumkin.

O‘QING: Xiaomi smartfonlarini Terashop.uz’dan oling (2018 yil 20 noyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.