Yangi surat hamyonbop Galaxy M30’ning muhim jihatlarini tasdiqladi

  •   DiMaX
  •  2546
  •  11.02.2019 11:44

Yangi surat hamyonbop Galaxy M30’ning muhim jihatlarini tasdiqladi

Janubiy koreyalik texnogigantning hamyonbop Galaxy M turkumida dastlab uchta smartfon bo‘lishi avvaldan ma’lum edi. Ulardan ikkitasi taqdim etilib, sotuvga ham chiqdi, endi esa Galaxy M30 modeliga navbati keldi.

O‘QING: Galaxy M30 selfifonining taqdimoti yaqin: narxi va jihatlari haqida yangi ma’lumotlar

Insayderlar endi Galaxy M30’ning yangi suratini internetga chiqarib yuborishdi, aftidan, bu – mazkur qurilmaning qo‘llanmasidan olingan rasm. Unda ushbu smartfonning muhim xususiyatlari aks ettirilgan:

Ko‘rib turganingizdek, Galaxy M30 tomchisimon «kemtik»li AMOLED-ekranga ega va bu yerda 16 megapiksellik old kamera joylangan. Bosh kamera esa orqa panelning yuqori chap burchagiga o‘rnatilgan bo‘lib, 13 + 5 + 5 megapiksellik uchta datchikni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, barmoq izi skaneri ham korpusning orqa qopqog‘idan o‘rin olgan, pastki qirrada esa zamonaviy USB-C porti ham bor.

Samsung Galaxy M30 qachon taqdim etilishi hozircha noma’lum, lekin uning narxi 250 dollar atrofida bo‘lishini aytishmoqda. Allaqachon bozorga chiqqan ayrim Samsung smartfonlarini esa hozirdanoq Terashop.uz internet-do‘konimizdan, 949 000 so‘mdan boshlangan narxlarda sotib olish mumkin. Ayniqsa, hozir – aksiya ketayotgan payti bu – juda yaxshi taklif...

O‘QING: Qarshi oling: Terashop.uz’da «Bahoriy kayfiyat» aksiyasi!