28 xil Xiaomi va Redmi smartfoniga hoziroq «global» MIUI 12 proshivkasini yuklab olishingiz mumkin!

Dasturchilar xitoycha proshivkalarni olib, mahalliy ilovalarni o‘chirishgan, Google servislarini va ko‘plab tillarni (shu jumladan rus tilini ham) qo‘shishgan.

33 xil Xiaomi va Redmi smartfonlariga hoziroq MIUI 12 o‘rnata olasiz! (tayyor havolalar)

Ushbu proshivkalar, Xiaomi va Redmi smartfonlarining modeliga bog‘liq holda, Android 10 yoki Android 9 operatsion tizim talqinlariga asoslangan.

Xiaomi rasman MIUI 12 beta-testini va unga yangilanuvchi smartfonlarni e’lon qildi

MIUI 12 namoyish kuniyoq tarqatila boshlashi haqidagi xabar rost bo‘lib chiqdi – Xiaomi allaqachon uning sinovi uchun foydalanuvchilarni ro‘yxatga ola boshladi.

MIUI 12 taqdimot kuniyoq tarqatila boshlaydi: dastlab yangilanuvchi smartfonlar ro‘yxati chiqdi!

Kompaniya dasturiy ta’minot bo‘limi rahbariga ko‘ra, MIUI 12 taqdimot kunining o‘zidayoq tarqatila boshlaydi! Xiaomishka esa ilk to‘lqindayoq yangilanuvchi smartfonlarning «aniq» ro‘yxatini e’lon qildi.

Yana bitta ommabop Redmi smartfoni tom ma’noda portlab ketdi!

Jabrlanuvchining aytishicha, uning cho‘ntagidagi smartfoni o‘z-o‘zidan qizib ketgan. Bundan cho‘chigan egasi uni chiqarib qarasa – qurilma tutab yotgan ekan! Lekin eng dahshatlisi keyin yuz bergan...

MIUI 12 hamda Android 11’gacha yangilanuvchi Xiaomi smartfonlari ikkita ro‘yxatda!

Android 11 Developers Preview proshivkasi fevralda chiqqandi. Uning barqaror versiyasi taqdimotiga ikki oycha vaqt bo‘lsa-da, allaqachon Android 11’gacha yangilanuvchi Xiaomi smartfonlari ro‘yxati tarqaldi.

Nihoyat, Redmi Note 9 Pro Max taqdim etildi – narx va jihatlari bilan tanishamiz!

Smartfonning old va orqa panellariga Corning Gorilla Glass 5 himoya shishasi yotqizilgan. Barmoq izi skanerini esa korpusning o‘ng qirrasiga o‘rnatishgan.

Galaxy M31 o‘zi arzon bo‘lsa-da, o‘rta narxli Galaxy A51 bilan bellasha oladi! («jonli» surat)

Galaxy A51 modelidagi kabi Exynos 9611 chipli Galaxy M31 kamera blogida naq beshta tirqish bor. Ulardan biri fotochaqnoq uchun ochilganini hisobga olsak, ushbu arzon smartfon to‘rttalik kameraga ega bo‘ladi!

Redmi K30 taqdimoti oldidan naq beshta Xiaomi gadjeti arzonlashdi

«Xitoycha Apple» o‘zining arzonchi brendiga mansub yangi 5G-flagmani – Redmi K30 modelini tayyorlayotganini bilamiz. Ushbu namoyish oldidan oldingi avlod smartfonlarining narxlarini pasaytirmoqda.

Yana kuygan hid kelyaptimi? Endi Redmi Note 7 Pro yonib ketdi

Hodisaning esa kafolatda ko‘rsatilgani tan olinmagan va yonib ketgan Redmi Note 7 Pro'ni almashtirib berishdan bosh tortilgan.

Yana bir smartfonga Android 10 asosidagi MIUI 11'ning beta relizi taqdim qilindi

Agar Xiaomi Mi CC9 smartfonini ishlatsangiz, kompaniya MIUI 11'ga qo‘shgan yangiliklarni MIUI 11 9.11.12 versiyadagi 2.3GB lik yangilanishni yuklash bilan sinab ko‘rishingiz mumkin.

Xiaomi: «Samsung’dan biz 44 foizga oldinmiz!»

O‘tgan chorak yakunlariga ko‘ra smartfonlar onlayn bozorining 40 foizini Xiaomi egallagan, eng ommabop smartfonlar beshtaligida esa uning to‘rtta modeli bor.

Yana naq 15 xil Xiaomi va Redmi smartfonlariga barqaror MIUI 11 tarqatila boshladi

Xiaomi keyingi bir oyda bir qator mobil qurilmalari uchun MIUI 11 asosidagi proshivkalarni tarqatilib kelayotir. Ikkinchi to‘lqinda esa naq 15 rusumdagi smartfon ushbu proshivkagacha yangilana boshladi.

Yana to‘rtta ommabop Xiaomi smartfoniga global barqaror MIUI 11 kela boshladi!

Xitoydan tashqarida yangi talqindagi global proshivkagacha yangilanayotgan modellar soni yana to‘rttaga ko‘paydi.

MIUI 11'ning barqaror global proshivkasiga o‘tuvchi smartfonlar ro‘yxati e’lon qilindi

Taqdim qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, MIUI 11'ni qabul qiluvchi smartfonlar ro‘yhati 28 ta mobil qurilmadan iborat.

15 xil Xiaomi smartfonlari endi yangilanmaydi, 20 xildagisi uchun MIUI ishlab chiqish to‘xtatildi!

Kompaniya sinovchi-dasturchilar uchun MIUI 9.10.14 test jamlanmasi yo‘riqnomasini e’lon qildi. Unda rasman aytilishicha, naq 15 rusumdagi Xiaomi hamda Redmi qurilmalariga endi tizim yangilanishlari kelmaydi.

Redmi 8, Redmi Note 8 hamda Note 8 Pro ham yetib keldi – Terashop.uz’da Xiaomi smartfonlari narxlari! (2019 yil 12 oktyabr)

Onlayn do‘konimizda barcha Xiaomi smartfonlariga tegishli muddatli rasmiy kafolat beriladi va O‘zbekiston bo‘ylab barcha viloyatlar markazlariga yetkazib berish bepul!

Xiaomi smartfonlaridan oltitasiga barqaror MIUI 11 proshivkasi tarqatilmoqda, orasida arzon modellar ham bor!

Kompaniya MIUI 11 grafik qobiq talqiniga asoslangan proshivkalarni turli smartfonlariga tezkorlik bilan tarqatmoqda. Ular orasida O‘zbekistonda ommabop bo‘lgan hamyonbop modellar ham borligi quvonarlidir.

Uchta modeldagi Redmi smartfoni rasman arzonlashdi!

Xiaomi yangi smartfonlar taqdimoti arafasida eskilarining narxini pasaytirishiga ko‘nikib ham qoldik. 9 oktyabrda u o‘zining Redmi 8 rusumli arzon telefonini namoyish qilyapti, shuning uchunmi...

Terashop.uz’da ham Mi 9 flagmani va boshqa Xiaomi smartfonlari arzonlashdi! (2019 yil 3 oktyabr)

Onlayn do‘konimizda barcha Xiaomi smartfonlariga tegishli muddatli rasmiy kafolat beriladi va O‘zbekiston bo‘ylab barcha viloyatlar markazlariga yetkazib berish bepul!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш