LG bu bozorni rasman tark etyapti – u «qo‘lni yuvib qo‘ltiqqa urdi»!

Kompaniyaning bu yo‘nalishdagi biznesi 2015 yildan zarar ko‘rishni boshlagan. 2020 yili zararning umumiy miqdori 4,4 milliard dollarni tashkil qilgan.

5G tezligi testi: iPhone 12 barcha Android-flagmanlarga mag‘lub bo‘ldi!

Mutaxassislar ayfonlarning 4G tarmog‘idan 5G standartiga o‘tishi bilan internet tezligi 2,3 baravarga oshganini ta’kidlashgan, lekin Android-smartfonlar baribir ancha oldinda.

LG yo‘l xaritasi: Android 11 qaysi smartfonlarga qachon yetib keladi?

Kompaniyaning Germaniyadagi rasmiy saytida e’lon qilingan grafikda Android 11 operatsion tizimini qabul qiluvchi LG smartfonlari ro‘yxati ham, ulardan har biri qachon yangilanishi ham ko‘rsatilgan.

Eng tez va eng sekin arzonlashuvchi smartfonlar: qaysilarining narxi ikki karra tez pasayadi?

BankMyCell resursi smartfonlarning xarid qilinganidan keyingi arzonlashuvi bo‘yicha an’anaviy yillik hisobotini e’lon qildi.

LG shu yiliyoq sotuvga chiquvchi, o‘rama ekranli Rollable smartfonini videoda ko‘rsatdi!

Uning qayishqoq OLED-displeyi BOE kompaniyasi tomonidan ishlangan bo‘lib, korpus ichiga yashirinish va undan chiqish xususiyatiga ega. Bu esa telefonni buklamasdan displey maydonini o‘zgartirish imkonini beradi.

Eng innovatsion sakkizta smartfon – CES 2021 sovrindorlari

Hakamlar hay’ati – industriyaning 89 nafar ekspertlari biror flagmanni emas, balki Samsung kompaniyasining o‘rta narxli modelini narx va sifat mutanosibligiga ko‘ra eng zo‘r smartfon, deya e’lon qilishdi.

Turli hududlarda eng ommabop smartfon brendlari qaysilar?

Bu ko‘rsatkichlar tegishli hududlarda sotilgan smartfonlar soniga ko‘ra chiqarilgan. Lekin shu savdodan tushgan foydasiga qarasak, bozordagi daromadning 93 foizini ikkitagina kompaniya bo‘lishib olgan!

Bu mamlakatdagi o‘nta smartfondan oltitasi – iPhone. Qolganlari-chi?

Ushbu davrda mazkur mamlakat aholisi eng ko‘p sotib olgan smartfon – o‘tgan yilgi iPhone 11 modelidir. Kuchli beshlikka kirgan yana to‘rttasi esa bitta kompaniya mahsulotlaridir.

LG Rollable: kompaniya «rulon-smartfon» tayyorlamoqda

LG’da hozirgi kunda displeyni truba shaklida o‘rash imkonini beradigan texnologiya mavjud. Faqat undan smartfonlarda emas, balki televizorlarda foydalanilmoqda.

Quvvati eng uzoq vaqtga yetuvchi 15 smartfon bilan tanishing

Android Insider to‘rtinchi avlod uyali aloqa standarti – LTE tarmog‘ida internet ishlatganda quvvati qancha vaqtga yetishi bo‘yicha o‘tkazilgan test asosida smartfonlarning avtonomlik reytingini taqdim etdi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш