Xitoyning eng kuchli o‘nta flagmani (AnTuTu reytingi, 2020 yil iyul)

Eng qizig‘i – «Xitoycha Apple»ning arzonchi brendiga mansub Redmi K30 Pro modeli bu gal shu kompaniyaning qimmatroq Xiaomi Mi 10 Pro flagmanidan ham o‘zib, 601 706 ball bilan kuchli uchlikka kirgan!

Eng qizib ketuvchi va eng qizimaydigan smartfonlar (Master Lu reytingi, 2020 yil 2-chorak)

Master Lu benchmarki jamoasi ommabop telefonlarning foydalanuvchi uchun eng muhim jihatlaridan biri – ish jarayonida qanchalik qizib ketishini ham tekshirib ko‘rdi. Natijalar hayratlanarli!

Meizu o‘zining ilk 5G-flagmanini namoyish etdi

8 may kuni o‘tkazilgan onlayn konferensiyada Meizu 17 smartfoni rasman taqdim qilindi. Yaqinda o‘tkazilgan testda Xiaomi Mi 10, Huawei P40 Pro hamda Oppo Find X2 Pro flagmanlarini ortda qoldirgan edi.

Huawei, Xiaomi va Oppo flagmanlarini yenggan Meizu 17 namoyish kuni va ilk rasmiy surati e’lon qilindi

Old kamera daktiloskopli ekranning yuqori o‘ng burchagidagi tirqishga joylangan. Gorizontal blokka olingan bosh kamerada esa 65, 8, 5 va 2 megapiksellik sensorlar qo‘llangan.

Meizu 17 yangi testda Xiaomi Mi 10, Oppo Find X2 Pro hamda Huawei P40 Pro’larni mahv etdi

Qizig‘i shundaki, mazkur tajriba qatnashchilari orasida Xiaomi Mi 10 eng sig‘imdor – 4780 mA/soatlik akkumulyatorga ega. Lekin uning bitta to‘la quvvat bilan ishlash vaqti atigi 8,16 soatga borgan.

Meizu 17 taqdimotdan avval AnTuTu’da: lider emas, lekin TOP-o‘ntalikda!

Bu 5G-flagman Snapdragon 865 chipiga, tirqishli va 90 gerslik OLED-displeyga, LPDDR5 turidagi tezkor va UFS 3.0 toifali ichki xotiraga, Wi-Fi 6 hamda NFC moduliga, 4 (yoki besh) datchikli kameraga ega.

O‘z egalarini rozi qilgan TOP-10 smartfon (AnTuTu reytingi, 2020 yil fevral)

Qizig‘i shundaki, foydalanuvchilarga ko‘ra eng yaxshi smartfonlar ro‘yxatida eng ko‘p o‘rinni olgan kompaniya yetakchi yoki o‘ta mashhur smartfonsozlar qatoriga kirmaydi.

Kutilmagan rekord: 64 GB «operativka»li ilk smartfonni ishlayotgan holida «jonli» ko‘ramiz!

64/512 GB xotirali flagmanning displeyida old kamera uchun kemtik yoki tirqish yo‘q. Aftidan, kompaniya uni korpusning yuqori qirrasidan chiquvchi mexanizmga joylagan yoki bevosita ekranning ortiga yashirgan.

To‘rtta narx toifasiga ko‘ra eng zo‘r smartfonlar reytinglari (AnTuTu, 2019 yil oktyabr)

AnTuTu endi masalaga o‘zgacha yondashib, o‘z narxi va kuchliligi o‘zaro eng mutanosib bo‘lgan smartfonlar reytinglarini to‘rtta narx toifasiga ko‘ra tuzib chiqardi.

AnTuTu ikkita reyting chiqardi: eng kuchli flagmanlar va eng zo‘r o‘rta narxli smartfonlar (2019 yil, oktyabr)

Benchmark jamoasi bu gal yangicha yondashdi: flagmanlar va o‘rta narxli smartfonlar uchun alohida-alohida reytinglarni taqdim etdi. Qizig‘i – ikkala ro‘yxatda ham birorta Samsung Galaxy smartfoni yo‘q!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш