25 xildagi Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlarida global MIUI 12.5 beta-sinovi boshlandi!

  •   DiMaX
  •  1649
  •  04.02.2021 08:54

25 xildagi Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlarida global MIUI 12.5 beta-sinovi boshlandi!

Xiaomi kompaniyasi MIUI 12.5 grafik qobig‘ining global versiyasini 8 fevralda rasman namoyish etadi. Lekin u allaqachon Xitoydan tashqaridagi o‘z smartfonlari uchun ham uning beta-test dasturini e’lon qildi.

O‘QING: Ushbu 28 xil Xiaomi va Redmi smartfonlariga ommaviy MIUI 12.5 beta-talqini chiqdi

Garchi test dasturi MIUI Global Stable ROM deb nomlansa-da, u barqaror – tayyor proshivkaning emas, balki «stabil beta» (beta-stable) talqinidagi proshivkaning sinovini anglatadi. Ya’ni, u keng foydalanuvchilar ommasiga taqdim etilmasdan, faqat beta-testerlarga tarqatiladi.

Ushbu beta-sinov dasturi doirasida quyidagi modellar egalari yangi proshivkalarni test qilib ko‘rishlari mumkin bo‘ladi:

  1. Xiaomi Mi 10T
  2. Xiaomi 10T Pro
  3. Xiaomi Mi 9T
  4. Redmi K20
  5. Xiaomi Mi Note 10
  6. Xiaomi Mi 9 SE
  7. Redmi Note 9T
  8. Xiaomi Mi 10T Lite
  9. Xiaomi Mi 10i
  10. Redmi Note 9 Pro
  11. Redmi Note 9 Pro Max
  12. Poco M2 Pro
  13. Poco X3
  14. Redmi Note 9
  15. Redmi 9
  16. Redmi 9 Prime
  17. Poco M2
  18. Redmi 9C
  19. Poco C3
  20. Redmi 9C NFC
  21. Redmi 9A
  22. Redmi Note 8
  23. Redmi Note 8T
  24. Redmi 9T
  25. Poco M3

Mazkur modellardagi qurilmalar egalaridan beta-testda qatnashish uchun arizalar 1 martgacha qabul qilinadi. Unda ishtirok etishni xohlovchilar mazkur havola orqali tegishli (ingliz tilidagi) sahifaga o‘tib, savollarga javob berishlari va ariza berishlari mumkin.

Aytish mumkinki, MIUI 12.5 grafik qobig‘i asosidagi barqaror proshivkalar ham aynan yuqoridagi ro‘yxatga kirgan gadjetlar uchun birinchi navbatda uzatiladi. Mazkur apdeyt keyinroq tarqatiladigan jami 80 xildagi smartfon ro‘yxati bilan ushbu xabarimizda tanishish mumkin. Xiaomi, Redmi, Poco va Black Shark smartfonlarining global proshivka, global versiya va xitoycha versiyalari, ularning o‘zaro farqi haqida esa mana bu maqolamizdan batafsil ma’lumot olasiz.

O‘QING: Xiaomi bitta flagmani va bitta arzon smartfoniga Android 11 asosidagi MIUI 12 tarqatyapti

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.