Apple kelajak iPhone’lari uchun 5G-modemlarni AQShning dushmanidan olmoqchi!

  •   DiMaX
  •  1220
  •  09.04.2019 17:22

Apple kelajak iPhone’lari uchun 5G-modemlarni AQShning dushmanidan olmoqchi!

Apple korporatsiyasi beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ida ishlaydigan smartfon chiqarishni rejalashtirgan, ammo ular uchun 5G-modemlarni kimdan olishni bilmayapti. Kupertinoliklar bilan sudlashib yurgan Qualcomm unga Snapdragon X55 chipini sotmasligi ma’lum, Samsung esa modemlarini o‘zining Galaxy S10 5G superflagmanidan orttira olmasligini aytgan.

O‘QING: Eng katta va tezkor flagman, ammo eng qimmati emas: Galaxy S10 5G narxi aniq bo‘ldi!

Lekin Apple bu borada yechim topgan ko‘rinadi: Engadget nashrining yozishicha, Huawei kompaniyasi kupertinoliklarga 5G-modem yetkazib berishga tayyor. Qizig‘i shundaki, xitoylik texnogigant shu paytgacha o‘z chiplarini birorta kompaniyaga sotmasdan, faqat o‘z qurilmalarida qo‘llab kelmoqda.

Engadget’ning o‘z manbasiga tayanib ma’lum qilishicha, Huawei endilikda o‘z strategiyasini o‘zgartirgan – u Balong 5000 rusumli 5G-modemlarini sotishga rozi, lekin faqatgina Apple’ga modem yetkazib berishi mumkin. Afsuski, xitoylik texnogigantning AQSh hukumati bilan o‘zaro kelishmovchiliklari sababli, bu hamkorlik ham so‘roq ostida turibdi. Kim biladi, hali beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ida ishlovchi ayfonlar ishlab chiqariladigan vaqtgacha Tramp hukumati bilan Huawei yarashib ham olishar.

Eslatib o‘tamiz, Balong 5000 modemi rekord darajada tezkorlik namoyish etgan bo‘lib, kompaniya uni Huawei Mate X buklama smartfonida hamda Mate 20X flagmanining maxsus versiyasida qollamoqda.

O‘QING: Hali 5G tarmog‘i joriy etilmay turib, LG allaqachon 6G-internet ustida ishlamoqda!