Atigi 188 dollarlik mini-kompyuter Windows, Linux va Arduino bilan ishlay oladi! (+video)

  •   DiMaX
  •  1839
  •  07.04.2020 14:58

Atigi 188 dollarlik mini-kompyuter Windows, Linux va Arduino bilan ishlay oladi! (+video)

Biz avvalgi xabarlarimizda kattaligi mushtday ham chiqmaydigan kompyuter, dunyodagi eng mitti o‘yin noutbuki, eng mitti noutbuk-planshet kabilar haqida ma’lumotlar berganmiz. Hattoki tashrif qog‘oziga vizitkaga joylangan kompyuter ham chiqqan va juda arzon – 2,88 dollarga baholangan!

O‘QING: Narxi uy bilan barobar kompyuter yangicha korpusda, yanada qimmatlashib chiqdi!

Yaqinda SEEED Studio maydonchasida sotuvga qo‘yilgan yangi yakka platali kompyuter ham o‘ziga xos. Odyssey X86J4105800 rusumli mazkur qurilma uchun atigi 188 dollar miqdorida narx belgilangan.

Odyssey X86J4105800 ancha ixcham – o‘lchami 110x110 millimetrga teng. Uning asosini Intel Gemini Lake platformasi tashkil etadi – unga 14 nanometrlik Celeron J4105 protsessori o‘rnatilgan. Mazkur chipset 1,5 gigagerslik (dinamik tarzda 2,5 GGs.gacha ko‘tariluvchi) to‘rtta yadroni hamda Intel UHD Graphics 600 grafik tezlatgichini o‘zida jamlagan.

O‘QING: Windows 10 tizimli kompyuter yoki noutbuk «qotib» qolsa...

Mitti kompyuterning tezkor xotirasi LPDDR4 turiga mansub bo‘lib, hajmi 8 gigabaytga teng. Odyssey X86J4105800 jamlanmasida Wi-Fi 802.11a/b/g/n/ac (2,4/5 GGs) hamda Bluetooth 5.0 kontrollerlari, shuningdek, ikki portli Gigabit Ethernet tarmoq adapteri ham ko‘zda tutilgan.

Odyssey X86J4105800 interfeyslari qatoriga yana bittadan USB 3.1 Type-C hamda USB 3.1 Type-A portlari, ikkita USB 2.0 Type-A porti, HDMI 2.0a porti, SSD-modulni ulash uchun M.2 2242/2280 konnektori hamda microSD xotira kartasi sloti kiradi.

O‘QING: Apple I kompyuteri qachon va qanday yaratilgan edi?

Mana, Odyssey X86J4105800 mini-kompyuterini quyidagi videoda tomosha qilamiz::

Mini-kompyuterning afzalliklaridan biri – unga Windows yoki Linux operatsion tizimlarini o‘rnatish mumkin. Bundan tashqari, u yana Arduino platformasini ham ko‘tara oladi – bu funksionallik uchun Microchip ATSAMD21G18 ARM Cortex M0+ soprotsessori mas’ul.

Darvoqe, «Oxirzamon kompyuteri» hamda «Oxirzamon operatsion tizimi» haqidagi ma’lumotlardan xabaringiz bormidi?

O‘QING: Kompyuter va smartfonlar 2020 yilda qimmatlaydi, sababi...

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!