Eng qudratli smartfonlar (2019 yil 1-chorak): Galaxy S10+ ikkinchi o‘rinda, qolgan barchasi «xitoylik»!

  •   DiMaX
  •  3200
  •  10.04.2019 15:39

Eng qudratli smartfonlar (2019 yil 1-chorak): Galaxy S10+ ikkinchi o‘rinda, qolgan barchasi «xitoylik»!

Smartfonlarning samaradorligini baholovchi servislar haqida gap ketganida, biz odatda Geekbench va AnTuTu kabilarni tushunamiz. Lekin Xitoyda yana bir benchmark – Master Lu ilovasi ham juda ommabop.

O‘QING: AnTuTu narxiga munosib smartfonlar reytingini e’lon qildi

Ushbu benchmark kuni kecha joriy yilning birinchi choragidagi tekshiruvlar natijalariga tayangan holda, eng samarador Android-smartfonlar o‘ntaligini ma’lum qildi. Qizig‘i – unda «Osmon osti saltanati»ga mansub bo‘lmagan bittagina model bor – Samsung Galaxy S10+ (sotib olish) flagmani! Master Lu reytingida bu smartfon 402 259 ball bilan faxrli ikkinchi o‘ringa loyiq ko‘rilgan.

Ro‘yxatning boshida esa «xitoycha Apple» yaqinda taqdim etgan Black Shark 2 geymerofoni salkam 405 000 ball bilan savlat to‘kib turibdi. Kuchli uchlikni Vivo o‘yinbop smartfoni – iQOO Monster modeli 384 718 ochko bilan yakunlab bergan.

To‘rtinchidan o‘ninchigacha bo‘lgan o‘rinlarni esa tegishlicha ballar bilan quyidagi smartfonlar egallagan: Xiaomi Mi 9 (xarid qilish) – 366 830 ball, Nubia Red Devil Mars – 360 202 ball, Nubia X – 334 108 ball, Asus ROG Phone – 331 639 ball, OnePlus 6T – 329 281 ball, Huawei Mate X – 329 281 ball hamda Vivo NEX – 325 639 ball.

O‘QING: Dunyodagi eng zo‘r Android-smartfonlar o‘ntaligi (AnTuTu reytingi, 2019 yil aprel)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!