Eng tezkor Android-smartfonlar va eng silliq ishlovchi grafik qobiq (Master Lu reytinglari, 2020 yil)

  •   DiMaX
  •  1422
  •  21.01.2021 17:23

Eng tezkor Android-smartfonlar va eng silliq ishlovchi grafik qobiq (Master Lu reytinglari, 2020 yil)

Master Lu benchmarki kuni kecha 2020 yil yakunlariga ko‘ra eng ravon ishlovchi smartfonlar top-o‘ntaligini chiqargan edi. Ushbu servis jamoasi endi Android operatsion tizimi bazasidagi grafik qobiqni va eng tezkor smartfonlar reytingini ma’lum qildi.

O‘QING: 2020 yil so‘ngida beshta narx toifasida eng qudratli Android-smartfonlar (AnTuTu reytinglari)

Reyting adolatli bo‘lishi uchun Master Lu servisida o‘tgan yilning 1 yanvaridan to 31 dekabrigacha, kamida 100 marta tekshirilgan smartfonlarning natijalari olingan.

Benchmark ekspertlariga ko‘ra, Oppo kompaniyasi o‘z smartfonlariga mo‘ljallab chiqargan ColorOS grafik qobig‘i «2020 yilning eng silliq ishlovchi interfeysi» deya e’tirof etilgan.

O‘QING: 2020 yilning eng zo‘r to‘rtta kamerofoni (DxOMark reytingi)

Master Lu benchmarki tekshiruvlari natijalariga qaraganda, Huawei Mate 40 Pro+ flagmani o‘tgan yilning eng samarador smartfoni bo‘lib chiqqan. Eslatib o‘tamiz, AnTuTu benchmarkining 2020 yil dekabr oyi reytingida bu flagman ikkinchi o‘rinni olgan edi.

2020 yilning eng tezkor smartfonlari ro‘yxatiga yana Asus ROG Phone 3, Redmi K30 Extreme Commemorative Edition (yoki Redmi K30 Ultra), Galaxy Note 20 Ultra, Xiaomi Mi 10 va boshqalari kirgan.

O‘QING: 2020 yilning eng ommabop 20 smartfoni

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!