iPhone 12 borasidagi noxush xabarni Apple rasman tasdiqladi

  •   DiMaX
  •  3358
  •  01.08.2020 13:11

iPhone 12 borasidagi noxush xabarni Apple rasman tasdiqladi

Apple korporatsiyasi iPhone 12 turkumidagi smartfonlarini qachon taqdim etishi allaqachon aytilgan. Biz yangi turkumdagi har bir modelning turli xotirali variantlari narxlarini ham yozganmiz.

O‘QING: Telegram asoschisi barcha iPhone egalarini tashvishlantiruvchi yettita sababni aytdi

Lekin kuni kechagina ishonchli insayder Jon Prosser (Jon Prosser) yangi ayfonlarning sentyabrda emas, balki oktyabrda namoyish qilinishini aytdi. Keyin esa buni kupertinolik korporatsiyaning o‘zi ham rasman tasdiqladi.

Buni ikkinchi moliyaviy chorak yakunlarini e’lon qilish jarayonida Apple moliyaviy direktori Luka Maestri (Luca Maestri) aytdi. Uning e’lon qilishicha, navbatdagi iPhone’larni yetkazib berish ishlari oldingilariga qaraganda bir necha haftaga kechikadi.

Eslatib o‘tamiz, bultur iPhone 11 turkumidagi smartfonlar sentyabrning oxiridan sotila boshlagan edi. Demak, bu yilgi ayfonlar oktyabrda taqdim etilishi, bozorga esa oktyabrning oxirrog‘ida yoki hatto noyabrda chiqishi ham mumkin.

Darvoqe, yangi ayfonlar jamlanmasida quvvatlash adapteri bo‘lmasligini Apple’ning o‘zi boshqacha yo‘l bilan tasdiqlagan, tag‘in ularda quloqchin ham bo‘lmaydi. Insayder shunaqa – quloqchinsiz va quvvatlagichsiz iPhone 12 qadog‘ini videoda ko‘rsatgan. Bundan tashqari, iPhone 12 ayrim qismlarining«jonli» suratlari Apple fanatlarining hafsalasini pir qilib ham ulgurgan.

O‘QING: Apple’ning yettita yolg‘onini Pavel Durov fosh etdi va har bir fikrini batafsil asoslab berdi