iPhone 12’lar tezkorlik testida Galaxy Note 20 Ultra, OnePlus 8T, Google Pixel 5 va ROG Phone 3’ni yer tishlatdi!

  •   DiMaX
  •  1499
  •  22.10.2020 15:03

iPhone 12’lar tezkorlik testida Galaxy Note 20 Ultra, OnePlus 8T, Google Pixel 5 va ROG Phone 3’ni yer tishlatdi!

Tom's Guide sayti kuni kecha iPhone 12 hamda iPhone 12 Pro modellarining avtonomlik testini o‘tkazib ko‘rishgan edi. Mazkur imtihonda bu ikkita yangi ayfon nafaqat Android-smartfonlarga, balki hatto bulturgi iPhone 11 va iPhone 11 Pro’larga ham mag‘lub bo‘lgan!

O‘QING: 1000 dollarlik Galaxy S20+’ni mag‘lub etgan, o‘zi atigi 200 dollarlik smartfonni bilasizmi? («Jonli» test videosi)

Ushbu nashr endi o‘n ikkinchi avlod ayfonlarning samaradorligini ham yetakchi Android-flagmanlar bilan taqqoslab ko‘rdi. Buni qarangki, iPhone 12 va uning Pro-versiyasi tugul, bulturgi iPhone 11 Pro Max modeliga ham boshqa kompaniyalarning birorta smartfoni bas kela olmagan!

Quyidagi jadvalda Geekbench 5 ilovasida yakka yadroli hamda ko‘p yadroli tekshiruvlarda qurilmalar olgan ballar aks ettirilgan.

Ko‘rib turganingizdek, Samsung kompaniyasining Galaxy Note 20 Ultra va Galaxy S20+ flagmanlari ham, OnePlus 8T, Google Pixel 5 va hatto o‘yinbop Asus ROG Phone 3 smartfonlari ham uchta ayfondan past natijalar ko‘rsatishgan.

O‘QING: Realme’ning hamyonbop smartfoni AnTuTu’da hatto Galaxy S20 Ultra va Galaxy S20+ flagmanlarini «yer tishlatdi»!

Tom's Guide taqdim etgan yana bir jadval – ushbu smartfonlarning amalda ishlatib ko‘rilgandagi natijalaridir. Ya’ni, mutaxassislar yuqoridagi flagmanlarning har birida Adobe Premiere Rush ilovasi yordamida 4K formatli videofaylni Full HD formatiga qayta kodlab ko‘rishgan:

Guvohi bo‘lib turganingizdek, Apple A14 Bionic protsessorli iPhone 12’lar dastlabki ikkita o‘rinni olgan bo‘lsa, Apple A13 Bionic chipsetli iPhone 11 Pro Max kuchli uchlikni yakunlab bergan. Android-smartfonlarning barchasi ushbu vazifani bajarishga ulardan ko‘ra ko‘proq vaqt sarflagan.

O‘QING: Turli davlatlarda iPhone 12 Pro sotib olish uchun qancha vaqt ishlash kerak?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.