iPhone SE (2020), iPhone SE, iPhone 11, iPhone XR va iPhone 8'larni bitta joyda taqqoslaymiz
Eng boy brendlardan bo‘lgan Apple'ning hajman kichik smartfonlariga qiziquvchilar yangi iPhone SE'ni xarid qilish haqida o‘ylab ko‘rishlarini maslahat beramiz. Narxi 399 AQSH dollaridan boshlanuvchi yangi smartfon kompaniyaning byudjet mobillari qatoriga kirish bilan birga, Apple'ning eng arzon smartfoni hamdir.
Qurilmalariga arzon narx qo‘yish bilan kompaniya 1 000 yoki 700 dollarlik iPhone 11 Pro yoki iPhone 11 xarid qilishni xohlamaydiganlarni o‘ziga jalb qilmoqchi. Quyida iPhone SE'ni boshqa iPhone'lar bilan texnik jihatdan taqqoslab ko‘ramiz.
Yangi avlod iPhone SE bir necha yil oldin chiqqan iPhone SE'ning ko‘p jihatlarini saqlab qolgan. Bular qatoriga uy tugmasi va qurilmaning kichik hajmi kiradi. 4.7 diagonal ekranli yangi iPhone SE 4 dyuym displeyga ega bo‘lgan ilk iPhone SE'dan biroz katta bo‘lsa-da, bugungi kun standardlariga ko‘ra, hajman baribir kichkina.
2016-yil chiqqan iPhone SE o‘z davrining flagmani iPhone 6S kabi A9 protsessorida ishlagan. Keling, quyida bu tafovutlarning barchasini jadval ko‘rinishida ko‘rib chiqamiz.
Apple iPhone SE 2020 | Apple iPhone SE | Apple iPhone 8 | Apple iPhone XR | Apple iPhone 11 | |
Ekran hajmi, rezolyusiyasi | 4.7 dyuym Retina HD; 1,334x750 piksel | 4 dyuym; 1,136x640 piksel | 4.7 dyuym; 1,334x750 piksel | 6.1 dyuym LCD Retina Display; 1,792x828 piksel | 6.1 dyuym LCD Liquid Retina; 1,792x828 piksel |
Piksel zichligi | 326 piksel/dyuym | 326 piksel/dyuym | 326 piksel/dyuym | 326 piksel/dyuym | 326 piksel/dyuym |
O‘lchamlari (millimetrda) | 138 x 67 x 7.3 | 123 x 58 x 7.6 | 138 x 67 x 7.3 | 150 x 76 x 8.38 | 151 x 76 x 8.3 |
Og‘irligi (grammda) | 148 | 113 | 148 | 194 | 194 |
Operatsion tizimi | iOS 13 | iOS 9.3 | iOS 11 | iOS 12 | iOS 13 |
Kamera | 12 megapiksel | 12 megapiksel | 12 megapiksel | 12 megapiksel | 12 megapiksel, (keng), 12 megapiksel (ultra-keng) |
Old kamera | 7 megapiksel | 1.2 megapiksel | 7 megapiksel | 7 megapiksel | 12 megapiksel |
Video yozuv | 4K | 4K | 4K | 4K | 4K |
Protsessor | Apple A13 Bionic | Apple A9 | Apple A11 Bionic | Apple A12 Bionic | Apple A13 Bionic |
Doimiy xotira | 64GB, 128GB, 256GB | 16GB, 64GB | 64GB, 256GB | 64GB, 128GB, 256GB | 64GB, 128GB, 256GB |
Operativ xotira | rasmiy ma’lumot berilmagan | rasmiy ma’lumot berilmagan | rasmiy ma’lumot berilmagan | rasmiy ma’lumot berilmagan | rasmiy ma’lumot berilmagan |
Tashqi xotira uyasi | mavjud emas | mavjud emas | mavjud emas | mavjud emas | mavjud emas |
Quvvatlagich porti | Lightning | Lightning | Lightning | Lightning | Lightning |
Audio jek | mavjud emas | mavjud | mavjud emas | mavjud emas | mavjud emas |
Narxi* | $399 (64GB), $449 (128GB), $549 (256GB) | $399 (16GB); $499 (64GB) | $699 (64GB), $849 (256GB) | $599 (64GB), $649 (128GB) | $699 (64GB), $749 (128GB), $849 (256GB) |
*Jadvalda taqdimotda e’lon qilingan narxlar ko‘rsatilgan.
O‘QING: Apple flagman smartfon narxida... kompyuter g‘ildiragi chiqardi!