Jahondagi eng kuchli o‘nta flagman (AnTuTu reytingi, 2020 yil avgust)

  •   DiMaX
  •  2526
  •  12.09.2020 12:41

Jahondagi eng kuchli o‘nta flagman (AnTuTu reytingi, 2020 yil avgust)

Avvalroq ommabop AnTuTu benchmarki avgust oyi holatiga ko‘ra eng zo‘r smartfonlar reytingini chiqargandi. O‘sha ro‘yxat xitoylik foydalanuvchilarning ushbu servisdagi tekshiruvlari natijalariga asoslangan bo‘lsa, kompaniya endi global miqyosdagi reytingni ham taqdim etdi.

O‘QING: O‘z egasini rozi qilgan TOP-10 smartfon (AnTuTu reytingi, 2020 yil avgust)

Butun dunyo bo‘yicha foydalanuvchilarning AnTuTu benchmarkidagi tekshiruvlari natijalariga ko‘ra tayyorlangan yangi ro‘yxatdagi holat xitoycha reytingdan farq qiladi. Asus kompaniyasi taqdim etgan eng zo‘r o‘yinbop smartfon – ROG Phone 3 modelining 12/128 GB xotirali varianti 615 289 ball bilan global reyting yetakchisi bo‘lgan. Holbuki, xitoycha reytingda u 629 245 ball bilan uchinchi o‘rinni egallagan edi.

Ikkinchi pog‘onadan 610 567 ballik natija bilan OnePlus 8 Pro joy olgan bo‘lsa, kuchli uchlikni Oppo kompaniyasining Find X2 Pro flagmani yakunlagan – 601 910 ball.

O‘QING: O‘rta narxli o‘nta eng zo‘r smartfon (AnTuTu reytingi, 2020 yil avgust)

Dunyo bo‘yicha eng qudratli o‘nta smartfon ro‘yxatiga yana tegishlicha Samsung kompaniyasining Galaxy Note 20 Ultra flagmani (Snapdragon 865+ protsessorli talqini), Redmi K30 Pro, Poco F2 Pro, Xiaomi Mi 10, Galaxy Note 20 Ultra (Exynos 990 chipli), Galaxy S20 Ultra hamda Galaxy S20+ modellari kirgan.

Bu galgi o‘ntalikda son jihatidan eng ko‘pi – to‘rttasi Samsung vakillari bo‘lsa, uchtasi Xiaomi korporsiyasining mahsulotidir. Yetakchi smartfonsozlardan bo‘lmish Huawei kompaniyasining birortayam modeli kuchlilar ro‘yxatiga kirmaganini ham ta’kidlab o‘tish o‘rinli.

Protsessorlar kesimida qaraganda, kuchli o‘ntalikdagi yettita pog‘onani Qualcomm kompaniyasining chipsetlari bazasidagi modellar zabt etishgan. So‘nggi uchta o‘rindagina Exynos 990 protsessorli flagmanlar bor.

O‘QING: Master Lu reytingida Galaxy Note 20 Ultra arzon smartfonlarga ham yengildi, g‘olib esa Xitoydan!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!