Jonli test videosi: iPhone’lardan qay birining quvvati uzoq vaqtga yetadi?

  •   DiMaX
  •  1288
  •  26.10.2020 11:18

Jonli test videosi: iPhone’lardan qay birining quvvati uzoq vaqtga yetadi?

Xabaringiz borki, Apple korporatsiyasi 23 oktyabrdan iPhone 12 hamda iPhone 12 Pro smartfonlarini sota boshlagan. O‘shandan beri bu ikki ayfonni o‘zaro va boshqa smartfonlar bilan taqqoslab qilingan tavsiflar internetga ko‘p chiqmoqda.

O‘QING: iPhone 12’lar tezkorlik testida Galaxy Note 20 Ultra, OnePlus 8T, Google Pixel 5 va ROG Phone 3’ni yer tishlatdi!

Yaqindagina avtonomlik testida iPhone 12 hamda 12 Pro nafaqat Android-smartfonlarga, balki hatto bulturgi ayfonlarga ham mag‘lub bo‘lgan edi. Uning g‘olibi esa Samsung yoki Google flagmani emas, balki xitoylik smartfonsozning yangi modeli bo‘lib chiqqan!

Mrwhosetheboss kanali esa iPhone 12 hamda uning Pro-versiyasi avtonomligini Apple’ning bundan oldingi beshta smartfoni bilan taqqoslab ko‘rsatdi. Uning videolavhasini quyida tomosha qilishingiz mumkin; agar bunga 10 daqiqa vaqtingiz va megabaytingizni sarflashni istamasangiz – biryo‘la undan keyin keltirilgan natijalarga o‘taversangiz ham bo‘ladi:

Ko‘rish mumkinki, bu testda turli rusumlardagi ayfonlar batareyasi to‘liq quvvatlantirilib, so‘ng ular intensiv rejimda ishlatib ko‘rilgan – o‘yinlar, video, benchmarklar va turli ilovalar...

O‘QING: Turli davlatlarda iPhone 12 Pro sotib olish uchun qancha vaqt ishlash kerak?

Shunday qilib, iPhone SE (2020) akkumulyatorining zaryadi birinchi bo‘lib tugagan – uning avtonomligi atigi 3 soatu 59 daqiqaga yetgan. Undan keyin esa 4 soatu 32 daqiqalik ko‘rsatkich bilan iPhone XR taslim bo‘lgan. Buni qarangki, Apple mazkur modelining aynan shu jihati – quvvati uzoq muddatga yetishi bo‘yicha rekordchi, deya maqtangan edi. Bu ikkalasidan so‘ng iPhone 11 modelining quvvati tugagan – bu smartfon akkumulyatori 5 soatu 9 daqiqaga dosh bergan.

Ro‘yxatning har ikkala tomonidan – ham boshi, ham oxiridan to‘rtinchi o‘rinda iPhone 12 Pro modeli joylashgan: 6 soat va 34 daqiqa. iPhone 12 avtonomligi esa unikidan atigi 7 daqiqaga yuqori bo‘lib, 6 soatu 42 daqiqaga yetgan – uchinchi o‘rin.

Reytingning ikkinchi pog‘onasidan 7 soatu 36 daqiqalik ko‘rsatkich bilan iPhone 11 Pro modeli joy olgan. Avtonomligiga ko‘ra eng zo‘r ayfon esa iPhone 11 Pro Max bo‘lib chiqqan – bulturgi eng zo‘r flagmanning batareyasi 8 soatu 29 daqiqagacha yetgan.

O‘QING: iPhone 12 xaridorlarini Apple qanday aldayapti? (+video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!