Mana, 5G tarmoqlarining birinchi va haqiqiy xavfi!

  •   DiMaX
  •  3482
  •  22.01.2020 14:33

Mana, 5G tarmoqlarining birinchi va haqiqiy xavfi!

Hozirda beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini yaratishga hamda bu tarmoqda ishlovchi qurilmalar taqdim etishga jiddiy kirishilgan. Garchi 5G tarmog‘ining xavfi borasidagi tajriba kutilmagan natijani ko‘rsatgan esa-da, uning joriy etilishiga qarshi bo‘lganlar ham ko‘p.

O‘QING: 5G tarmog‘i bizga qanday muammolar olib keladi?

Kiberxavfsizlikka ixtisoslashgan Group-IB firmasi tizimli yechimlar departamenti rahbari Anton Fishman e’lon qilishicha, 2020 yildan DDoS-hujumlarning quvvati va soni ortadi. Qizig‘i, mutaxassis bunga sabab sifatida aynan 5G texnologiyasining ommalashuvchini ta’kidlagan.

Ya’ni, beshinchi avlod mobil aloqa tarmog‘ining o‘ziga yarasha ijobiy jihatlari bilan birga, yangi texnologiyaning salbiy tomonlari ham mavjud. Uning ilk va aniq xavflaridan biri esa xakerlar yangi tarmoq orqali DDoS-hujumlarini yanada samarali amalga oshira olishlari bo‘ladi.

Aytib o‘tish kerakki, Ucell uyali aloqa operatori O‘zbekistonda ilk bor 5G tarmog‘ini sinovdan o‘tkazgan va keyinroq amalda ishga tushirgan. Shuningdek, Uzmobile ham 5G texnologiyasini sinov tariqasida joriy etgan.

O‘QING: 4G va 5G’ni amalda o‘zaro taqqoslab ko‘rishdi: kutilmagan natija!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.