Million dollarlikdan oshiq qalbaki Huawei smartfonlarini yasab sotgan yashirin sex fosh etildi!

  •   DiMaX
  •  2177
  •  27.07.2019 12:06

Million dollarlikdan oshiq qalbaki Huawei smartfonlarini yasab sotgan yashirin sex fosh etildi!

Huawei kompaniyasi nafaqat Xitoyda, balki butun dunyoda yetakchi smartfonsozlardan biri ekanligini bilasiz. Shunga yarasha, uning nomidan soxta telefonlar ishlab chiqaruvchilar ham yetarlicha.

O‘QING: Smartfon bozori: nafaqat Huawei, balki yana bir xitoylik kompaniya Apple’dan o‘zib ketdi!

Xanchjou politsiyasi qalbaki Huawei smartfonlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi maxfiy ustaxonani fosh etdi. Hisobotga ko‘ra, ularni qo‘lga olish operatsiyasi jarayonida 600 dan oshiq smartfon, shuningdek, ulkan hajmda qalbaki aksessuarlar musodara qilingan.

Tergov-surishtiruv ishlarining ko‘rsatishicha, ushbu sex allaqachon Huawei logotipi tushirilgan jami million dollardan ziyod soxta smartfon sotgan.

Shu kabi holatlar bois, Huawei o‘z mijozlariga korporatsiya mahsulotlarini rasmiy internet-do‘konlardan yoki firma magazinlaridan olgan ma’qul ekanligini eslatmoqda. Biz ham xitoylik texnogigantning smartfonlarini Terashop.uz onlayn do‘konimizdan sotib olishni tavsiya etamiz.

O‘QING: Huawei rahbari aeroportda Mate X bilan «qo‘lga tushdi»!