O‘z narxi doirasida eng zo‘r smartfonlarning beshta reytingi (AnTuTu, 2020 yil oktyabr)

  •   DiMaX
  •  2385
  •  05.11.2020 17:00

O‘z narxi doirasida eng zo‘r smartfonlarning beshta reytingi (AnTuTu, 2020 yil oktyabr)

Biz shu oyning boshidanoq AnTuTu servisi jamoasi taqdim etgan uchta reytingni e’lon qilib ulgurganmiz. Bular – eng zo‘r iPhone va iPad’lar reytingi, eng qudratli Android-flagmanlar ro‘yxati hamda eng kuchli hamyonbop smartfonlar reytingi.

O‘QING: AnTuTu'da yangi rekord o‘rnatildi

Bulardan tashqari, mazkur benchmark jamoasi beshta narx toifasiga ko‘ra eng kuchli smartfonlarning reytinglarini ham taqdim etgan. Ular smartfonlarni Xitoy valyutasi – yuan birligidagi narxi bo‘yicha toifalarga ajratishgan, quyida biz ularni AQSh dollari ko‘rinishida bermoqdamiz.

Shunday qilib, narxi 225 dollargacha bo‘lgan kuchli telefonlar o‘ntaligida naq oltita o‘rinni Redmi vakillari band etgan. Yetakchi ham aynan shu kompaniyadan – 6/128 GB tezkor/ichki xotirali Redmi 10X 5G modeli.

Qiymati 226–300 dollarlik smartfonlar reytingiga beshtagina model kirgan, shuning ham eng kuchli ikkitasi brend mahsulotlari – Redmi K30 4G hamda Redmi K30 5G.

Uchinchi narx toifasiga mansub, ya’ni 301–449 dollarlik smartfonlar reytingida yana shu ishlab chiqaruvchining vakili – Redmi K30s g‘olib!

Narxi 450–674 dollar orasida bo‘lgan kuchli smartfonlarning eng zo‘ri Redmi K30 Pro bo‘lgan:

Xitoyliklarning nazdida eng qimmat toifa – narxi 675 dollardan yuqori bo‘lganlari ekan va unda Qualcomm Snapdragon 865 protsessorli iQOO 5 Pro eng qudratlisi bo‘lib chiqqan:

Eslatib o‘tamiz, Vivo kompaniyasi 17 avgust kuni o‘zining o‘yinbop brendi ostida taqdim etilgan ikkita – iQOO 5 Pro hamda iQOO 5 geymerofonlari bilan o‘tgan oyda AnTuTu reytingini ostin-ustun qilib yuborgan edi.

O‘QING: Realme’ning hamyonbop smartfoni AnTuTu’da hatto Galaxy S20 Ultra va Galaxy S20+ flagmanlarini «yer tishlatdi»!