QISQA VIDEO: 2018 yilda Xiaomi nimalarni taqdim etdi?

  •   DiMaX
  •  1334
  •  02.01.2019 09:27

QISQA VIDEO: 2018 yilda Xiaomi nimalarni taqdim etdi?

Yangi yil – ko‘pchilik kompaniyalar sarhisoblar pallasi. Garchi Xitoy kalendari bo‘yicha Yangi yilga hali bir oycha vaqt bor bo‘lsa-da, Xiaomi o‘zining 2018 yildagi asosiy voqealarini allaqachon e’lon qildi.

O‘QING: Pocophone F2 o‘rniga yangi versiyada Pocophone F1 taqdim etgan Xiaomi baribir Mi Play bilan rekord o‘rnatdi

Ushbu lavhadan Mi 8 hamda yil Mi Mix 3 flagmanlarining, «sun’iy ong» hamda kraudfanding maydonchasidagi yangi mahsulotlar taqdimotlari, IKEA bilan kelishuv va yig‘ma elektr velosipedi kabilar o‘rin olgan. Videorolikning asosiy qahramoni sifatida esa, tabiiyki, kompaniya rahbari Ley Szun (Lei Jun) ko‘zga tashlanadi.

Mana, birga nazar solamiz:

Aytish kerakki, Xiaomi korporatsiyasi uchun 2019 yil ham barakali kelishi kutilmoqda. Bu yil Mi Mix 3 slayderining 5G-versiyasi savdoga chiqarilishi bilan boshlanadi, keyin esa Android Go’da ishlovchi ilk smartfoni – eng arzon Redmi Go modeli, hamyonbop turkumning yangi flagmani – Redmi Pro 2 chiqadi. Shuningdek, Pocophone F2, Mi 9 hamda Mi Max 4 flagmanlari hamda Redmi 7 turkumidagi arzon telefonlar taqdimoti kutilmoqda.

«Xitoycha Apple»ning hozirgacha sotuvga chiqqan bir qator smartfonlarini esa 809 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda sotib olish imkoni mavjud.

O‘QING: Mi 8 Pro ham Terashop.uz’ga yetib keldi, Xiaomi smartfonlari arzonlashdi (2018 yil 12 dekabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!