Qoyilmaqom aqlli ko‘zoynak – Apple iGlass ikkita chiroyli videorolikda!
Kupertinolik korporatsiya o‘zining Apple Glasses (yoki Apple Glass) nomli to‘ldirilgan borliq hamda aralash reallik texnologiyalariga ega ko‘zoynagini kuzda taqdim etishi mumkin. Shuningdek, uning Apple asoschisi va sobiq rahbari Stiv Jobs xotirasiga bag‘ishlangan hamda u hayotligida taqqan ko‘zoynak shaklidagi maxsus talqini ham tayyorlanmoqda.
O‘QING: Stiv Jobsning bolalariga buyurmagan boyligi Telegram’ga tikildi!
Kanadada yashovchi dizayner Iskandar Utebayev (Iskander Utebayev) esa o‘zining Instagram-sahifasida Apple aqlli ko‘zoynagining konsept-roliklarini e’lon qildi.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
Dizayner mazkur devaysni Apple iGlass deb atagan, lekin aslida uning rasmiy nomi hozircha aniq emas, faqat...
O‘QING: Apple anchadan beri tayyorlayotgan bestsellerini yopiq taqdimotda ko‘rsatdi
Iskandar Utebayev tayyorlagan ikkinchi lavha esa Apple iGlass imkoniyatlarini namoyon etadi:
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
Nima ham derdik, Instagram tarmog‘ida 1,1 milliondan oshiq obunachisi bo‘lgan bu dizaynerning ishlariga Apple rahbariyati ham qoyil qolgan bo‘lsa ajabmas.
O‘QING: Apple hayratda: Redmi uning gadjetiga atigi 11 dollarlik raqib taqdim etdi!