Rangdor ekranli, tag‘in arzon Redmi Band chiqdi: bu sizga Mi Band emas!

  •   DiMaX
  •  1568
  •  03.04.2020 15:38

Rangdor ekranli, tag‘in arzon Redmi Band chiqdi: bu sizga Mi Band emas!

Redmi brendi ostida smartfonlardan tashqari yana kir yuvish mashinasi, poverbank, quloqchin, noutbuk, router hamda televizor ham namoyish qilingan. Xiaomi korporatsiyasining subbrendi bo‘lmish ushbu kompaniya bugun o‘zining ilk taqiluvchi qurilmasini namoyish qildi.

O‘QING: Xiaomi va Redmi smartfonlarini 33 foizgacha chegirma bilan olish mumkin!

Yangi mahsulot Redmi Band rusumli fitnes-bilaguzuk bo‘lib, kompaniya unga 9 apreldanoq oldindan buyurtmalar ola boshlaydi. Avvaldan buyurtma rasmiylashtirishda mazkur devaysni 13 dollarga olish mumkin, ochiq savdoga chiqqach esa braslet narxi 14 dollar qilib belgilanadi.

Redmi brendining ilk fitnes-trekeri to‘rtburchak shakldagi rangli ekranga ega. Displeyning o‘lchami diagonaliga 1,08 dyuymlik, ammo tasvir aniqlik ko‘rsatkichi aytilmagan. Dizayniga ko‘ra u Xiaomi Mi Band turkumidan ancha farq qiladi.

O‘QING: «Chetroq tur, Xiaomi!» – Realme yana bir turdagi ilk devaysini taqdim etyapti

Redmi Band’da besh xil turdagi jismoniy faollik haqidagi ma’lumotlarni yig‘uvchi sensorlardan tashqari, mashqlar mobaynida hamda kun davomida yurak urishlari chastotasini monitoring qilib boruvchi optik datchik ham ko‘zda tutilgan. Shuningdek, mazkur aqlli braslet foydalanuvchi uyqusining sifatini va davomiyligini ham nazorat qiladi.

«Xitoycha Apple»ning ta’kidlashicha, Redmi Band oddiy foydalanish rejimida bitta quvvat bilan 14 kungacha ishlay oladi. Afsuski, unda kontaktsiz to‘lovlar uchun NFC moduli yo‘q.

Xaridorlar bu smart-brasletni zarg‘aldoq, yashil-zaytunrang, to‘q ko‘k va qora tuslarda xarid qilishlari mumkin.

O‘QING: Mi Band 3’dan ham arzon yangi Mi Band taqdim etildi!