Redmi Note 9 Pro Global taqdim etildi: Redmi Note 9 Pro Max’ning xalqaro versiyasi, lekin farqlari bor (+video)

  •   DiMaX
  •  12838
  •  01.05.2020 16:50

Redmi Note 9 Pro Global taqdim etildi: Redmi Note 9 Pro Max’ning xalqaro versiyasi, lekin farqlari bor (+video)

Xiaomi kompaniyasi kecha – 30 aprel kuni Mi Note 10 Lite fabletini namoyish qilgan. Shuningdek, ushbu onlayn tadbirda Redmi Note 9 smartfonini ham taqdim etishgan.

O‘QING: Bo‘lajak xit – Redmi Note 9S taqdimotdan oldin sotuvga chiqdi!

Bu ikkalasidan tashqari, kompaniya jahon bozoriga mo‘ljallangan Redmi Note 9 Pro modelini ham taqdim etgan. Qizig‘i shundaki, mazkur smartfon mart oyida namoyish qilingan va Hindiston bozoriga mo‘ljallangan Redmi Note 9 Pro modelining aynan o‘zi emas. Yangi smartfon o‘sha model bilan birga chiqarilgan yanada kuchli flagman – Redmi Note 9 Pro Max smartfonining global talqini, ammo undan ham farq qiladi.

Garchi nomidan «Max» qismi olib tashlangan bo‘lsa-da, global Redmi Note 9 Pro undan ustun jihatlarga ham ega. Masalan, unga yangicha vibromotor qo‘yilgan va NFC chipi ham qo‘shilgan.

Redmi Note 9 Pro Global (hindcha versiyasidan farqlash uchun shartli ravishda shunday atalmoqda) diagonaliga 6,67 dyuymlik IPS displeyga ega. Tasvir aniqligi 2400x1080 piksellik – Full HD+ formatida. Ekranning yuqori qismi o‘rtasidagi tirqishda esa 16 megapiksellik selfi-kamera o‘rnatilgan (Redmi Note 9 Pro Max modelida esa u 32 MPlik aniqlikda).

O‘QING: «Qoch yo‘ldan, Redmi!» – eng arzon, tag‘in NFC va 120 Gs ekranli, kvadrokamerali 5G-smartfon sotuvga chiqdi

Smartfon korpusi har ikki tomonidan Gorilla Glass 5 himoya shishasi bilan qoplangan. Ammo negadir aynan yashil rangli Redmi Note 9 Pro Global orqa paneli ikkita – jiloli va xira qismlarga ajratilgan; tag‘in kamera dizayni ham o‘zgacha.

Uning to‘rttalik bosh kamerasi kvadrat blokka olingan: 64 MPlik asosiy sensor (f/1.89) + 8 MPlik o‘ta keng burchakli modul (ko‘rish burchagi 119°, diafragmasi f/2,2) + 5 MPlik makrokamera (f/2,4) + 2 MPlik chuqurlik datchigi (f/2.4).

Global talqindagi Redmi Note 9 Pro barmoq izi skaneri korpusning o‘ng qirrasida joylashgan.

O‘QING: 33 xil Xiaomi va Redmi smartfonlariga hoziroq MIUI 12 o‘rnata olasiz! (tayyor havolalar)

Redmi Note 9 Pro Global uchun Snapdragon 720G protsessori tanlangan, 5020 mA/soatlik akkumulyator esa 30 vattlik tezkor quvvat oladi. Uning korpusida zamonaviy USB Type-C porti ham, quloqchin uchun 3,5 millimetrlik audiotirqish ham mavjud.

Redmi Note 9 Pro Global o‘lchami 165,75x76,68x8,8 millimetrga, vazni esa 209 grammga teng. Unga Android 10 operatsion tizim talqini asosida tayyorlangan MIUI 11 proshivkasini o‘rnatishgan.

Global talqindagi Redmi Note 9 Pro uchun $269/€247 (6/64 GBligi) hamda $299/€275 (6/128 GBligi) miqdorida narx belgilangan, uni may oyi o‘rtasida sotuvga chiqarishadi.

O‘QING: Samsung ham Redmi Note 9 Pro Max narxida «avtonomlik monstri»ni sotuvga chiqardi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!