Snapdragon 888 chipli eng arzon flagman Geekbench’da: bu sizga Redmi K40 Pro emas!

  •   DiMaX
  •  1167
  •  01.03.2021 18:09

Snapdragon 888 chipli eng arzon flagman Geekbench’da: bu sizga Redmi K40 Pro emas!

Xiaomi korporatsiyasi yaqindagina Redmi K40, Redmi K40 Pro hamda K40 Pro+ flagmanlarini namoyish etgan. Bulardan ikkinchisi hozirda Qualcomm kompaniyasining eng qudratli – Snapdragon 888 protsessoriga ega eng arzon smartfon bo‘lib turibdi.

O‘QING: Xiaomi smartfonlari va boshqa gadjetlarini 3 martgacha 40% chegirma bilan olish mumkin!

Lekin Redmi brendining asosiy raqibi – Realme ham qo‘l qovushtirib o‘tirgani yo‘q. OPPO korporatsiyasining ushbu arzonchi subbrendi Realme GT rusumli telefoni tayyorlagan va biz uning ilk «jonli» suratlarini chiqarganmiz.

Uni superflagman deyishmoqda, chunki qurilma Snapdragon 888 chipsetidan tashqari 125 vattlik tezkor quvvatlash texnologiyasiga ham ega. Oldingi xabarlarda uning ekranida kadr yangilanishi 160 gerslik, deyilayotgan edi, keyin rasman aniqlik kiritilishicha, bu ko‘rsatkich 120 gerslik ekan.

Yuqorida ko‘rib turganingizdek, Realme GT smartfonining qadog‘i ham o‘ziga xos ko‘rinishga ega.

O‘QING: Apple rasmiy saytida 1563 dollarlik buyurtma qilgan qizga iPhone 12 Pro Max o‘rniga olmali yogurt keldi!

Shuningdek, Redmi K40 turkumi taqdimot kunida raqobatchi kompaniya ushbu flagmanining narxi ularnikidan arzon bo‘lishini ham rasman e’lon qilgan:

Ya’ni, hali taqdim qilinmagan Realme GT boshlang‘ich narxi 2999 yuan, ya’ni 465 AQSh dollaridan pastroq bo‘ladi. Redmi K40 Pro modelining 6/128 GBlik xotiralisi taxminan 430 dollarga baholanganini hisobga olsak, raqobatchilar narxni undan sal pastroqdan boshlashlari ham mumkin.

O‘QING: Realme bor-yo‘g‘i 185 dollarga «beli baquvvat» 5G-smartfon chiqardi!

Kompaniya allaqachon Realme GT superflagmanini Geekbench servisida tekshirib ham ko‘rdi. Qurilma yakka yadroli testda 1138 ball, ko‘p yadroli imtihonda esa 3572 ballik natija ko‘rsatgan:

Benchmark ushbu telefonning 12 gigabaytlik eng ilg‘or – LPDDR5 toifli tezkor xotiraga ega ekanligini ham fosh etgan; flagmanning doimiy xotirasi sifatida ham eng so‘nggi – UFS 3.1 standartidagi chiplar qo‘llanishi ma’lum.

Realme GT 5G taqdimoti 4 martga belgilangan, u Android 11 operatsion tizim talqini asosidagi Realme UI 2.0 interfeysi bilan taklif etiladi.

O‘QING: 2021 yil yanvardagi eng zo‘r o‘nta hamyonbop smartfon (AnTuTu reytingi)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!