Telegram X’ning iOS-ilovasi yangilandi – yangi imkoniyatlar!
TDLib (Telegram Database Library) asosida yaratilgan tezkor messenjer – Telegram X dastlab Apple qurilmalari uchun, so‘ngroq esa Android-gadjetlar uchun ham taqdim etilgan edi. Dasturchilar jamoasi original kliyent bilan bir qatorda uni ham rivojlantirishda davom etishmoqda.
O‘QING: iOS uchun yanada tezkor Telegram X taqdim etildi
Endi esa iOS tizimi boshqaruvi ostidagi qurilmalar uchun Telegram X ilovasi 5.0.2 (242) talqiniga qadar yangilandi. Unda foydalanuvchilar uchun quyidagi o‘zgarish va yangi imkoniyatlar taqdim etilgan:
- Bir qancha yaxshilashlar evaziga ilovaning o‘zi yanada silliq ishlaydigan bo‘lgan.
- Live Locations funksiyasi – endi suhbatdoshingizga ayni paytdagi joylashuv o‘rningizni real vaqt rejimida yuborish imkoni bor.
- Moderatsiya jihozlari (taqiqlash, spam haqida hisobot berish va boshqalar) yaxshilangan.
- Superguruhlarda va kanallarda endi ma’murning so‘nggi harakatlarini ko‘rish mumkin.
- Matnlarni endi turli (to‘qrang, kursivli, harflari bir xil kenglikdagi) formatlarda yozish, shuningdek, sarlavhadagi formatlangan matnni ko‘rish mumkin.
O‘QING: Telegram X’ning oddiy Telegram’dan farqi nimalarda?
Allaqachon Telegram X’dan foydalanayotgan iPhone va iPad egalari bu ilovani yangilashlari, bu kliyentni hali o‘rnatib olmaganlar esa mana bu havola orqali yuklab olishlari mumkin.