Umuman kutilmagan Xiaomi Mi 11 Ultra ilk «jonli» video va suratlarda: 120x kamera, qo‘shimcha ekran...

  •   DiMaX
  •  2628
  •  12.02.2021 10:42

Umuman kutilmagan Xiaomi Mi 11 Ultra ilk «jonli» video va suratlarda: 120x kamera, qo‘shimcha ekran...

«Xitoycha Apple» yaqindagina Xiaomi Mi 11 modelining xalqaro bozorga mo‘ljallangan versiyasini namoyish qildi. O‘sha tadbirda Xiaomi Mi 11 Pro va hattoki Mi 11 Pro+ flagmanlarining ham namoyishi kutilayotgan edi, lekin unday bo‘lmadi.

O‘QING: Taqdimotdan oldin Xiaomi Mi 11 Pro hamda Mi 11 Pro+ narxlari va xususiyatlari aniq bo‘ldi

Lekin kutilmaganda umuman boshqa rusumdagi – Xiaomi Mi 11 Ultra flagmani haqida ma’lumotlar va hattoki uning «jonli» videosi va suratlari ham tarqaldi. Videotavsifni dastlab YouTube tarmog‘idagi Tech Buff kanali e’lon qilgan, lekin tezda uni o‘chirib tashlagan. Bungacha esa havaskorlar undan skrinshotlar olishga ulgurishgan; lavhaning o‘zini yuklab olgan blogerlar esa endi uni boshqa kanalda e’lon qilishgan.

Rolikning boshidagi ikki yarim daqiqa davomida vloger o‘z kanalida obunachilar soni oshganini aytib maqtangan, keyin esa ikki xil tusdagi Xiaomi Mi 11 Ultra smartfonini har tomonlama, hattoki ekranini yoqib ishlatib ham ko‘rsatgan:

Esingizda bo‘lsa, Xiaomi Mi 10 Ultra yubiley superflagmanining ham anboksing videosi taqdimotdan avval tarqalgan, uni chiqarganga million dollar jarima solgan edi.

O‘QING: Xiaomi Mi 10 Ultra’da yashirin kamera qanday ishlashini «jonli» videoda tomosha qilamiz!

Xiaomi Mi 11 Ultra dizaynidagi birinchi navbatda ko‘zga tashlanuvchi jihat – uning ulkan kamera blogidir. Bosh kamera uchta modulni (ulardan biri periskop kameradir), uchtalik LED-chaqnoqni va hatto kichkina qo‘shimcha ekranni ham o‘z ichiga oladi. Kamera blogiga «120X Ultra Pixel AI Camera» yozuvi ham tushirilgan.

Qo‘shimcha displeyni bosh kamera yordamida yuksak sifatli selfi olish uchun qo‘llash mumkin, lekin bu ekrancha smartfondagi istalgan ilovani aks ettirishga ham qodir.

O‘QING: Android-smartfonning old kamerasiga virtual fotochaqnoq qo‘shamiz

Bizga ko‘rsatilayotgan flagmanning oq va qora korpusli versiyalari o‘zaro biroz farqlanadi. Aftidan, qora rangdagisi – sotishga mo‘ljallanmagan prototip bo‘lsa kerak. Zero, unda «Ultra Pixel» marketing yozuvi yo‘q, uning o‘rniga kameradagi «12-120mm, 1:1.95-4.1» texnik qaydlari mavjud.

Xiaomi kompaniyasi ushbu flagmanida harman/kardon tomonidan taqdim etilgan stereodinamik qo‘llagan.

Xiaomi Mi 11 Ultra boshidanoq MIUI 12.5 grafik qobig‘iga asoslangan proshivka bilan ishlab chiqarilmoqda.

XDA Developers mobil dasturchilar hamjamiyati ekspertlari buning global versiyadagi MIUI 12.5 ekanini tasdiqlashdi. Demak – Xiaomi Mi 11 Ultra dunyo bozoriga ham taqdim etiladi; faqat smartfonning namoyish sanasi va narxi hozircha noma’lum.

Darvoqe, ushbu smartfonning inqilobiy Xiaomi Mi Mix 4 flagmanidan oldin chiqishi haqida biz avvalroq yozgan edik.

O‘QING: Xiaomi flagmanlarida yashirin bir funksiya bor...

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!