Ushbu 28 xil Xiaomi va Redmi smartfonlariga ommaviy MIUI 12.5 beta-talqini chiqdi
Xiaomi kompaniyasi o‘tgan yilning so‘ngida MIUI 12.5 talqinidagi grafik qobiqni taqdim etgan. Biz esa beta-test doirasida unga yangilanuvchi birinchi smartfonlar ro‘yxatini ham chiqarganmiz. Bundan tashqari...
Kompaniya o‘shanda MIUI 12.5 grafik qobig‘ining ommaviy beta-versiyasini yanvarning o‘rtasida foydalanuvchilarga topshirishga va’da bergandi va shunday bo‘ldi ham. Xiaomi hamda Redmi brendlarining 28 rusumdagi smartfonlari egalari yangi proshivkalarni sinab ko‘rishlari mumkin.
Ularning ro‘yxati esa quyidagicha:
- Xiaomi Mi 11
- Xiaomi Mi 10
- Xiaomi Mi 10 Pro
- Xiaomi Mi 10 Extreme Edition
- Xiaomi Mi 10 Youth Edition
- Xiaomi Mi 9
- Xiaomi Mi 9 SE
- Xiaomi Mi 9 Transparent Edition
- Xiaomi Mi 9 Pro
- Xiaomi Mi CC9
- Xiaomi Mi CC9 Pro
- Xiaomi Mi CC9e
- Xiaomi Mi CC9 Meitu Edition
- Redmi K30
- Redmi K30 5G
- Redmi K30S
- Redmi K30 Pro
- Redmi K30 Extreme Edition
- Redmi K30i
- Redmi Redmi K20
- Redmi K20 Pro
- Redmi Redmi 10X
- Redmi 10X Pro
- Redmi Note 9
- Redmi Note 9 Pro
- Redmi Note 8
- Redmi Note 7
- Redmi Note 7 Pro
Ta’kidlash kerakki, MIUI 12.5 beta-talqini bazasidagi yangi proshivkalar yuqoridagi ro‘yxatga kirgan qurilmalarning Xitoydagi egalariga tarqatilmoqda. Global talqindagi apdeytlar chiqsa xabar beramiz – bizni kuzatishda davom eting.
MIUI 12.5 so‘ngroq tarqatiladigan jami 80 xildagi smartfon ro‘yxati bilan mana bu xabarimizda tanishish mumkin. Xiaomi, Redmi, Poco va Black Shark smartfonlarining global proshivka, global versiya va xitoycha versiyalari, ularning o‘zaro farqi haqida esa mana bu maqolamizdan batafsil ma’lumot olasiz.