Xiaomi yashirgan «Qora Akula» – ikkinchi o‘yinbop smartfon TENAA’da fosh bo‘ldi!

  •   DiMaX
  •  1533
  •  25.09.2018 16:45

Xiaomi yashirgan «Qora Akula» – ikkinchi o‘yinbop smartfon TENAA’da fosh bo‘ldi!

Ayni damgacha Android-smartfonlar orasida samaradorlik bo‘yicha eng zo‘ri – Xiaomi Black Shark modelidir. O‘yinlar o‘ynashga moslangan ushbu qurilmani «xitoycha Apple» shu yilning 13 aprelida namoyish etgandi.

O‘QING: TOP-10: Dunyodagi eng tezkor Android-smartfonlar (AnTuTu talqini, 2018 yil, sentyabr)

Buni qarangki, Xiaomi allaqachon ushbu «Qora Akula»ning ikkinchi avlodini ham tayyorlashga ulguribdi. Kompaniya sir tutgan ikkinchi avlod geymerofonini TENAA agentligi fosh etib qo‘ydi.

Xiaomi Black Shark 2 smartfoni TENAA bazasida AWM-A0 model raqami ostida sertifikatlangan. E’lon qilingan suratlardan uning original Black Shark dizaynida ekanini ko‘rish mumkin.

Guvohi bo‘layotganingizdek, tashqi ko‘rinishda o‘zgarishlar ham bor. Jumladan, qo‘sh modulli kamera ob’yektivlari hamda uning fotochaqnog‘i tikka joylashgan (avvalgisida gorizontal edi). Shuningdek, original Black Shark modelida barmoq izi skaneri ekranning ostidagi «Uyga» tugmachasiga joriy etilgan bo‘lsa, bunisida orqa panelga ko‘chirilgan.

O‘QING: Xiaomi Black Shark – suyuqlikli sovitish tizimi, maxsus geympad va o‘yin rejimiga ega haqiqiy geymerofon!

Ma’lumotlarga ko‘ra, Xiaomi Black Shark 2 diagonaliga 5,99 dyuymlik ekranga ega. Tomonlari o‘zaro 18:9 nisbatli bo‘lgan displeyning tasvir aniqligi 2160x1080 pikselga teng. Korpusi o‘lchamlari 160x75,26x8,7 millimetrni, akkumulyatorining tok sig‘imi esa 4000 mA/soatni tashkil etadi.

Xiaomi'ning original Black Shark smartfoni

«Qora Akula»ning ikkinchi avlodi yakka kristalli Qualcomm Snapdragon 845 protsessoriga, 8 GB tezkor va 128 GB doimiy xotiraga ega. Bu ko‘rsatkichlar ayni damda yaxshi, ammo yaqinda taqdim etilib, samaradorlik bo‘yicha mutlaq rekordchi bo‘lgan ayfonlarga, keyingi oyda taqdim etiladigan, 7 nanometrlik Kirin 980 protsessorli Huawei Mate 20 Pro flagmaniga u bas kela olarmikan?

O‘QING: Apple yana AnTuTu’da mutlaq rekord o‘rnatdi – bu gal iPhone XS Max!

Aytish kerakki, aynan o‘yinbop smartfon sifatida ilk bor Razer Phone qurilmasi taqdim etilgan. Ushbu ishlab chiqaruvchi mazkur smartfonning ikkinchi avlodi – Razer Phone 2 modelini ham yaqin orada namoyish qilmoqchi. Bulardan tashqari Xiaomi Black Shark, Nubia Red Magic va ASUS ROG Phone kabi geymerofonlar chiqqan. Shuningdek, Samsung ham geymerlar uchun smartfon chiqarmoqchi va bu Galaxy X modeli bo‘lishi ham mumkin.

Nubia Red Magic va Xiaomi Black Shark

Xiaomi’ning bir qator rusumlardagi smartfonlari, shu shumladan «Tezkorlik ustasi» deya tavsiflanuvchi arzon flagmani – Pocophone F1 ham internet-do‘konimizda rasmiy kafolat bilan sotilmoqda. Ularga onlayn tarzda buyurtma berish, o‘zingizga qulay usulda to‘lov qilish imkoniyatlari hamda O‘zbekiston bo‘yicha bepul eltib berilishi sizga ma’qul keladi.

O‘QING: Terashop.uz’dagi 1 500 000 so‘mgacha narxli Xiaomi smartfonlari (2018 yil 19 sentyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul eltib beriladi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!