Xitoycha va global MIUI 12 proshivkalari iyul-avgust oylarida keladigan Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlari ro‘yxatlari chiqdi

  •   DiMaX
  •  3709
  •  21.07.2020 16:40

Xitoycha va global MIUI 12 proshivkalari iyul-avgust oylarida keladigan Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlari ro‘yxatlari chiqdi

O‘tgan oyning oxirida barqaror MIUI 12 proshivkasi 13 ta rusumdagi Xiaomi va Redmi smartfonlariga kela boshlagan edi. Joriy oyning boshida esa global bozorga taqdim etilgan yana ikkita qurilma egalariga ushbu apdeytni o‘rnatib olish imkoni berilgan.

O‘QING: 4 iyulgacha barqaror MIUI 12’ga yangilangan va tez orada yangilanadigan barcha Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlari ro‘yxati

«Xitoycha Apple» ushbu grafik qobiq asosidagi barqaror proshivkalar tarqatilishining ikkinchi to‘lqinini e’lon qildi. Unda yangilanadigan xitoycha proshivkali smartfonlar ro‘yxati quyidagicha:

  1. Mi MIX 3
  2. Mi MIX 2S
  3. Mi CC9 Pro
  4. Mi CC9
  5. Mi CC9 Meitu Edition
  6. Mi 9 SE
  7. Mi 8 UD
  8. Mi 8 Transparent Edition
  9. Mi 8
  10. Redmi Note 8 Pro
  11. Redmi Note 7 Pro
  12. Redmi Note 7

Xiaomi rasman Weibo tarmog‘ida ma’lum qilishicha, o‘z yurtida ushbu rusumlardagi smartfonlarga barqaror MIUI 12 apdeyti iyulning oxirigacha kela boshlaydi.

O‘QING: Faqat mana shu smartfonlargina MIUI 12’ning turli yangi imkoniyatlariga ega bo‘lar ekan!

Xitoydagi apdeytdan sal keyinroq – avgust oyida MIUI 12 grafik qobig‘i asosida tayyorlangan global proshivkalar ham dunyo bo‘ylab tarqatila boshlaydi. Bunda mana bu modellardagi smartfonlar tizimi yangilanadi:

  1. Mi 10
  2. Mi Note 10
  3. Mi Note 10 Pro
  4. Mi 8 Lite
  5. POCO F2 Pro
  6. Pocophone F1
  7. Redmi Note 9
  8. Redmi Note 9 Pro
  9. Redmi Note 8 Pro
  10. Redmi Note 8
  11. Redmi Note 7
  12. Redmi Note 6 Pro
  13. Redmi Note 5
  14. Redmi 9
  15. Redmi 8
  16. Redmi 8A
  17. Redmi 8A Pro
  18. Redmi 7
  19. Redmi 7A
  20. Redmi 6A
  21. Redmi 6
  22. Redmi 6 Pro
  23. Redmi S2

Xiaomi vakillari eslatib o‘tishicha, yuqoridagi ro‘yxatdan faqat ikkitasi – Xiaomi Mi 10 hamda POCO F2 Pro modellariga «super oboy»lar funksiyasi keladi. Umuman, «super oboy»lar tushadigan smartfonlar ro‘yxatini hamda «jonli oboy»larni yuklab olish uchun havolalarni e’lon qilganmiz.

Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlarining global proshivka, global versiya va xitoycha versiyalari, ularning o‘zaro farqi haqida mana bu maqolamizdan batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

O‘QING: MIUI 12’dagi Super Wallpaper’larni istalgan Android-smartfonga o‘rnata olasiz! (tayyor havola + «jonli» video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!