Yashirin kuzatuv vahimasidan butkul xalos etuvchi smartfon chiqdi

  •   DiMaX
  •  1108
  •  17.08.2020 15:28

Yashirin kuzatuv vahimasidan butkul xalos etuvchi smartfon chiqdi

Xakerlar smartfonning turli datchiklari orqali foydalanuvchining joylashuvini aniqlashlari, uning mikrofoni va kamerasidan josuslik maqsadlarida foydalanishlari mumkin. Umuman, bu mavzuda vahimachilar sal oshirib yuborishsa-da, aslida ularning xavotirlari butkul asossiz ham emas.

O‘QING: Kutilmagan xavf: Xiaomi smartfonlarida barmoq izi skanerini ham kamera qilib ishlatsa bo‘lar ekan! («jonli» video)

Android Police resursi shunaqa – kuzatuv vahimasidan qiynalayotganlar uchun ishlab chiqilgan maxsus smartfon haqida ma’lumot bergan. PinePhone nomli bu devays Linux operatsion tizimi bazasida ishlaydi.

Mazkur smartfonning asosiy o‘ziga xosligi shundaki, uning ochiluvchi orqa qopqog‘i ostida oltita vklyuchatel mavjud. Ularning har biri tegishlicha smartfonning modemi, Wi-Fi, Bluetooth, mikrofoni, bosh kamera, old kamera va hatto quloqchin tirqishining faoliyatini cheklab qo‘yadi. Natijada esa foydalanuvchi tegishli datchik orqali o‘zini kimdir kuzatib yurmaganligiga maksimal darajada ishonch hosil qila oladi.

PinePhone’ning birinchi ishga yaroqli versiyasi joriy yilning boshidayoq sotuvga chiqqan edi, deyiladi xabarda. O‘shandan buyon uning turli Linux distributivlari o‘rnatilgan bir necha varianti chiqarilib ulgurgan.

O‘QING: Do‘stona eslatma: biometrik ma’lumotlar bilan telefoningizni himoyalash unchalik ishonchli emas

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning boshida Samsung kompaniyasi o‘z smartfon va planshetlarida josuslik dasturi borligini tan olgan. Biz zavoddanoq xavfli dasturlar o‘rnatilgan 32 ta rusumdagi smartfon ro‘yxatini e’lon ham qilganmiz, tag‘in iPhone’lardagi o‘n beshta ilova foydalanuvchilarni kuzatib kelayotgani aniqlangan.

Hattoki ayrim antiviruslar ham smartfonda josuslik qilishidan tashqari, sizni maxfiy kuzatayotgan o‘nta fonarik ilovasi bor. Facebook esa Android-smartfonlarda hatto qo‘ng‘iroq va SMS-xabarlarni ham kuzatayotganini tan olgan, yana qanday josuslik qilayotgani haqida rasman hisobot bergan!

Demak, bugungi kunda o‘z shaxsiy ma’lumotlarining maxfiyligini saqlayman, degan foydalanuvchi ko‘p narsani e’tiborga olishi kerak ekan. Zero, Intel bosh direktori bo‘lgan Endi Grouv aytganidek, «Vahimachilargina omon qolishadi». Jumladan, smartfon ta’qibidan qutulish yo‘llarini avvalroq e’lon qilganmiz.

O‘QING: Yashirin kamera o‘rnatilgan: ijara kvartiralarida yoki mehmonxonalarda yashirin kamerani qanday topsa bo‘ladi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.