Asus Zenfone 8 va Zenfone 8 Flip smartfonlari taqdim qilindi
Boshqa kompaniyalar bir-biridan ildamlashga harakat qilayotgan ayni paytda Asus o‘z dizayni bilan qolganlardan ajralib turuvchi ikkita smartfon taqdim etdi: Asus Zenfone 8 va Zenfone 8 Flip.
Taqqos: Xiaomi Mi 9T vs Xiaomi Redmi Note 8 Pro
Quyida ushbu ikki devaysning texnik jihatlarini taqqoslab ko‘ramiz.
Samsung va Apple kompaniyalarining ayni damda eng qimmat va premium bo‘lib turgan smartfonlari: Galaxy Note10+ va iPhone 11 Pro Max'larning texnik jihatlarini jadval ko‘rinishida taqqoslab chiqamiz.
«Sharshara ekranli» Vivo Nex 3 5G taqdimoti uchun antiqa joy tanlandi! (+«jonli» video va suratlar)
Snapdragon 855 Plus protsessori hamda 5G-modemli mazkur smartfon 64 megapiksellik kameraga ega, uning 4500 mA/soatlik akkumulyatori esa 44 vattlik texnologiya asosida tezkor quvvatlanadi.
Redmi Note 7 Pro “qotili”: Meizu 16Xs rasman taqdim qilindi!
Avvalroq, Meizu 16Xs smartfoni 23 may kuni taqdim etilishi haqida yozgandik. Keyinroq esa taqdimot 30 may kuniga ko‘chirilgani ma’lum bo‘ldi. Nihoyat, bugun Meizu kompaniyasi o‘zining Meizu 16Xs nomli yangi smartfonini namoyish etdi.
Ushbu qurilma bitta quvvat bilan 6,5 soatgacha ishlay oladi. G‘ilofidagi 410 mA/soatlik akkumulyator esa uning ishlash muddatini 24 soatgacha uzaytirish imkonini beradi.
Huawei P20 Lite smartfoni tavsifi: flagmanlarga munosib raqib
Jozibali va zamonaviy dizayn, smartfonlar bozoridagi eng so‘nggi trendlar, sifatli kamera, tezkor protsessorlar va boshqalar - o‘rtacha narxga sifatli gadjet olishni xohlovchilar uchun ajoyib imkoniyat.
Huavei P Smart 2019 qanday smartfon: tahlil va tavsif
Nisbatan arzon narxga zamonaviy, sifatli va tezkor smartfon olishni xohlovchilar uchun ajoyib tanlov: dizayn, protsessor va eng ilg‘or texnologiyalarni o‘zida mujassam etgan Huavei P Smart 2019 smartfoni.
Samsung Galaxy A6+ smartfoni: batafsil sharh, ustunligi va kamchiliklari
Galaxy A6+ avtoportret ishqibozlari uchun maqbul smartfon. 24 MPlik old kamera yordamida orqa foni xiralashtirilgan sifatli selfilarni tasvirga olish mumkin. Metall korpus, NFC interfeysi va 5-GGs diapazonli Wi-Fi`ni qo‘llab-quvvatlashi, microSD karta uchun
To‘liq tavsifi berildi: MEIZU 16 eng tezkor Android-smartfon
Mashhur AnTuTu benchmarki smartfonlarning ish samaradorligi bo‘yicha avgust natijalarini e’lon qildi. Yangi reytingda eng tez Android-smartfon bo‘yicha kutilmaganda MEIZU 16 ro‘yxat boshiga chiqib oldi.
Bo‘lajak "super-hit" - Meizu kuchli flagmanlarni taqdim qildi!
Kompaniya bugun - Samsung Galaxy Note 9 devaysidan bir kun avval ilg‘or va jozibador smartfonlarini taqdim qildi.
Huawei P20 Lite: "Malika"dagi bestseller 10 foizga arzonlashdi!
Smartfon qisqa muddat jahon bozorida "bestseller", ya’ni eng ko‘p sotiluvchi degan maqomni oldi.
Xiaomi Mi 8 -- iPhone X yarim narxida!
Xiaomi taqdim etayotgan smartfonlarning narx hamda imkoniyatlari nisbati muxlislarni hayratga solishdan to‘xtayotgani yo‘q. Bugun biz yaqindan o‘rganishga qaror qilgan Mi 8 ham davrimizning ilg‘or flagmanlaridan sanaladi.
Mi6x: arzon smartfonlar qiroli endi O‘zbekistonda!
Mi5x/Mi A1 modellarining yaxshi sotilgani Xiaomi kompaniyasini ilhomlantira oldi. Bu orqali ishlab chiqaruvchi o‘rta narxli smartfon modellarini ham yaxshi sota olishiga ishondi.
6 oy o‘tdi: Yilning eng yaxshi smartfonlarini aniqlaymiz
2018 yilning o‘tgan 6 oyi mobaynidagi holatdan kelib chiqib, quyida yilning eng yaxshi sotilgan va kuchli mobil telefonlari to‘g‘risida ma’lumot berishga qaror qildik.
Redmi Note 5 Pro'ga qarshi "arzon Huawei P20 Lite" taqdim qilindi
Kecha, Huawei kompaniyasi Honor Play bilan birga, yana bir o‘ziga xos hamyonbop smartfonni taqdim etdi. Honor 9i deb nom olgan bu devays tashqi ko‘rinishidan Huawei P20 Lite modeliga juda o‘xshab ketadi.
Xiaomi Mi Bluetooth Headphones quloqchini 50 dollarga baholandi
Xiaomi o‘zining flagman smartfoni –Mi 8 va Mi Band 3 smart bilakuzugi taqdimotiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda
Galaxy S9/S9+ : superflagmanlarning siri!
Dizayn, kamera, animoji texnologiyalari – bular bari o‘ziga xos va yangilik. Shu bilan birga, korpusda o‘rin olgan kuchli protsessorning nimalarga qodirligi barcha uchun qiziq.
Apple yoki Sony: jahonning eng kuchli smartfonlari kuch sinashdi
Yaponiyalik Sony'ning yap-yangi Xperia XZ2 flagmani kuchli protsessori va nisbatan zamonaviyroq dizayni bilan ko‘zni oladi. Narx borasidagi farq ham 400 AQSh dollarigacha.
Snapdragon 845'ga ega navbatdagi smartfon taqdim qilindi
Barselonada o‘tayotgan Jahon mobil kongressi doirasida yilning kuchli protsessori bo‘lgan Snapdragon 845 chipiga ega navbatdagi ilg‘or flagmanlar taqdim qilindi.