«iPhone X’ga o‘xshash» Mi 7’ning kechikish sabablari, yangi «jonli» rasmi va boshqa ma’lumotlari

Mi 7 ekranida iPhone X’dagi kabi «kemtik» ham mavjud, deydi insayder. Ammo yangi «jonli» surat buni inkor etayotir. Flagmanda barmoq izi skaneri displeyga integratsiya qilinishi ham hali savol ostida.

Xiaomi Mi 7’ning ilk «jonli» fotosuratini ko‘ramiz!

Smartfon korpusining orqa qopqog‘i jilokor tusda, ko‘k rangda. U shishadan ishlangan bo‘lsa kerak; zero, bu – akkumulyatorning simsiz quvvat olish texnologiyasi ishlashi uchun zarur omillardan biridir.

Xiaomi Mi 7’ning barcha xususiyatlarini bittada ko‘rib chiqamiz!

Bozordagi smartfonlar orasida eng ilg‘or texnik ta’minot bilan jihozlangan Xiaomi Mi 7 haqidagi barcha ma’lumotlarni bittagina maqola orqali ko‘rib chiqamiz.

Xiaomi Mi 7 har tomonlama suratlar va videoda!

Ushbu flagman faqat tepa va past qismida ozgina romi bo‘lgan to‘liq ekranli dizaynga ega. AMOLED texnologiyasiga ko‘ra ishlangan displeyning o‘ziga barmoq izi skaneri integratsiya qilingan.

Xiaomi fevralda Mi 7’ni ko‘rsatmoqchi emas

Bu tadbirda iPhone X uslubidagi dizaynda ishlangan Mi MIX 2s smartfonini, hamyonbop Redmi Note 5 modelini yoki 7 dyuymlik displeyga ega Mi Max 3 fabletini ko‘rishimiz mumkin.

Mi 7 haqida Xiaomi fanatlarini xursand qilmaydigan xabar chiqdi

Biroq bu yana shundan ham dalolat beradiki, Xiaomi mazkur modeliga bir qator yuksak texnologiyali funksiyalarni joriy etayotir.

Xiaomi Mi 7’ning yangi surati tarqaldi – u «to‘nkarilgan» Mi Mix’ga o‘xshaydi

Suratda logotipning porlab turganiga qaraganda, Mi 7 korpusi chindan ham shishadan ishlanmoqda. Demak, mazkur model chindan ham Xiaomi’ning simsiz quvvatlash texnologiyasiga ega ilk smartfoni bo‘ladi.

Xiaomi Mi 7’ning ilk haqiqiy surati chiqdi

Orqa qopqoqning ikki chekkasi qayrilma shaklda, ammo uning materialini aniqlash imkoni yo‘q. Yuqori chap burchagida asosiy kameraning yonma-yon joylashgan ikkita ob’yektivi ko‘zga tashlanadi.

Xiaomi’ning eng yaxshi an’analari Mi 7’da ham davom etadi

Ley Szyun kuni kecha Xiaomi’ning 2018 yilgi strategiyasi haqida qisqacha bayonot bergan: nafaqat ilg‘or apparat ta’minoti, balki hamyonbop narxi bilan ham lol qoldiruvchi navbatdagi qurilma Mi 7 bo‘ladi.

Xiaomi Mi 7 va Mi 7 Plus: rasmiy narxi, suratlari va xususiyatlari

Smartfonlar Quick Charge 4.0 tezkor quvvatlash texnologiyasi evaziga bir soatga yetmasdan quvvat oladi. Shuningdek, Qi standarti bo‘yicha to‘laqonli simsiz quvvatlash texnologiyasini ham qo‘llab-quvvatlaydi.

Xiaomi Mi7: kompaniya rahbari flagman narxi, jihatini ma’lum qildi

Mi7'da Snapdragon 845 apparat platformasining bo‘lishi tasdiqlandi. Biroq, flagman narxi barcha uchun kutilmagan xabar bo‘ldi.

2018 yil smartfonlari: aqlbovar qilmas texnologiya endi haqiqat

Smartfon ishlab chiqaruvchilari soni ortib borgani sayin, bu yo‘ldagi yangi funksiya va texnologiyalarga ajratiladigan sarmoya miqdori ham oshib bormoqda, pul tikadiganlar ko‘paymoqda.

Xiaomi rahbari Mi 7'ning protsessorini ma’lum qildi

Samsung tomonidan ishlangan, 6,1 dyuymli, 18:9 nisbatli OLED-displeyga ega flagmanning 450-500 AQSh dollaridan boshlab sotilishi kutilmoqda.

Xiaomi’ning yangi smartfonlari sun’iy idrokka va fantastik imkoniyatlarga ega bo‘ladi

Xiaomi yaqin 10 yil ichida o‘zining mutlaqo barcha qurilmalariga sun’iy aqlni tatbiq etishni, shuningdek, sun’iy ongning barcha imkoniyatlarini imkon qadar to‘lig‘icha kashf etishga harakat qilishni rejalashtirgan.

Xiaomi Mi 7 yangi suratlarda: 4 karrali optik zum va boshqa xususiyatlar

Yakkakristalli Snapdragon 845 tizimi bilan jihozlangan ilk Xitoy smartfoni bo‘lishi kutilayotgan Mi 7 modelining suratlari va u haqdagi navbatdagi ma’lumotlar tarqaldi.

Xiaomi fanatlari 5 yil kutgan xususiyat Mi 7’da joriy etiladi

Xiaomi Mi 7 nafaqat eng ilg‘or Snapdragon 845 protsessori, balki 6/8 GB tezkor va 64/128 GB ichki xotirasi, qo‘shaloq kamera, old kamerasidagi yuz skaneri tizimi bilan ham maqtansa arziydi.

Xiaomi Mi 7: taxminiy xususiyatlari, taqdimot vaqti va hatto narxi ham ma’lum!

Mi 7 smartfoniga qo‘yiladigan Snapdragon 845 protsessori hali keyingi oyda rasman taqdim etiladi va kelasi yilda ommaviy ishlab chiqarishga joriy etiladi.

Xiaomi «suvdan qo‘rqmas» uchta smartfon tayyorlamoqda

Bosh direktor Ley Szyun, agar xaridorlar ko‘proq to‘lashga tayyor bo‘lsalar, Xiaomi suv o‘tkazmaydigan smartfonlar chiqarishini aytgandi. Xo‘sh, u «ko‘proq to‘lash» deganda qancha miqdorni nazarda tutgan edi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш