Doimiy «propiska»ga onlayn ro‘yxatdan o‘tishni o‘rgatuvchi videoqo‘llanma

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga doimiy ro‘yxatga qo‘yish xizmatidan foydalanish tartibi bo‘yicha videoqo‘llanmani tomosha qiling!

«Propiska»da turuvchilar soni to‘g‘risida endi onlayn ma’lumotnoma olish mumkin!

Uyingizda ro‘yxatdan o‘tib yashayotganlar to‘g‘risida ma’lumotnoma zarurmi va yoki o‘sha biz bilgan 17-forma ma’lumotnomasini olish kerakmi? Bu endi juda oson!

O‘zbekiston IT-xabarlari: xakaton, metroga smartfon orqali to‘lash va boshqalar

PaymeGo tizimi yo‘lovchilarga smartfon orqali kontaktsiz to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradi. Buning uchun smartfonda Payme ilovasiga kirib PaymeGo servisiga kirish kerak.

Endi shifokor qabuliga ham my.gov.uz portali orqali yozila olasiz!

Buning uchun my.gov.uz portalidagi «Sog‘liqni saqlash» turkumidagi «Shifokor qabuliga yozilish» xizmatini tanlab, kerakli shifoxonaga shifokor qabuliga onlayn tarzda yoziling.

Yagona portal orqali endi Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatga kirish mumkin!

Xizmat avtomatlashtirilgan va 1 ish kunida taqdim etiladi. Xizmatni taqdim etish narxi – BHMning 2%, Yagona portal orqali xizmat ko‘rsatilganda esa dastlabki narxdan 10% arzondir.

Gov.uz portalida «VAPSHE MALADES BALA» ro‘yxatga olindi!

Nima ham derdik, qonunchilikka va axloq me’yorlariga zid kelmasa, o‘z tashkilotiga qanday nom tanlash – tadbirkorning o‘z ixtiyorida.

Barcha xizmatlar uchun yagona elektron raqamli imzo ishlab chiqiladi

Elektron davlat xizmatlaridan foydalanuvchilar sonini yil yakunigacha kamida 5 baravarga oshirish, 2025 yilgacha to‘liq elektron xizmat ko‘rsatishga o‘tish maqsad qilib qo‘yildi.

O‘qishga qanday qilib DXM orqali hujjat topshiramiz?

Abituriyentlar ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali hujjat topshirishlari mumkin.

Portalga kirish endi barcha uchun bepul bo‘lishi mumkin

2019 yili Samarqand, Buxoro va Xiva ob’yektlarida davlat va xususiy sektor hamkorligi asosida ommaviy Wi-Fi nuqtalarining bosqichma-bosqich tashkil etilishi ham rejalashtirilgan.

Nafaqaxo‘rlar uchun yangi elektron xizmat joriy qilindi

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida fuqarolarga hisoblangan ish haqi summalari haqidagi ma’lumotlarni taqdim etish avtomatik rejimda amalga oshiriladi. Xizmatlar shu zahoti va bepul ko‘rsatiladi.

Endi onlayn tarzda nafaqa uchun ariza berish va pensiya haqida ma’lumot olish mumkin bo‘ladi

Elektron hukumat tizimi doirasida «Nafaqa» dasturiy mahsulotining funksional imkoniyatlarini, idoralararo integratsiya platformasi bilan bog‘lash orqali kengaytirish yuzasidan ishlar olib bormoqda.

Portalning 500 000-foydalanuvchisiga maxsus sovg‘a bor!

Shuningdek, joriy yilning 8 dekabr kuniga qadar Internet tarmog‘ida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatidan eng ko‘p foydalangan arizachi ham maxsus sovg‘a bilan taqdirlanadi.

Elektr ta’minoti korxonasi vakilini onlayn chaqirish mumkin bo‘ldi

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida elektr ta’minoti korxonasi vakilini onlayn ariza yordamida chaqirish mumkin bo‘ldi.

Davlat xizmatlari portali takomillashib, 2-versiyada ishga tushdi

2013 yilning 1 iyulidan faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali bugunga kelib 308 turdagi elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish yo‘lga...

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida soliq to‘lovchilar uchun yangi xizmat ishga tushdi

O‘zbekiton Respublikasi Vazir Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi soliq to‘lovchilarining identifikatsiya raqamlarini berish va qo‘llash tizimi to‘g‘risida” va boshqa normativ-huquqiy aktlarga muvofiq, Yagona interaktiv...

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш