Xiaomi’ning yana uchta smartfoni barqaror MIUI 11’gacha yangilanmoqda

  •   DiMaX
  •  2095
  •  06.11.2019 14:45

Xiaomi’ning yana uchta smartfoni barqaror MIUI 11’gacha yangilanmoqda

«Xitoycha Apple» avvalroq Xiaomi Mi 8 flagmaniga xitoycha, undan oldin esa Redmi K20 va Redmi K20 Pro (sotib olish) smartfonlariga global MIUI 11 proshivkasini tarqatishni boshlagandi. Yaqinda bo‘lsa Xitoydan tashqarida yangi talqindagi global proshivkagacha yangilanayotgan modellar soni yana to‘rttaga, so‘ng yana ikkitaga ko‘paygan.

O‘QING: MIUI 11'ning barqaror global proshivkasiga o‘tuvchi smartfonlar ro‘yxati e’lon qilindi

Xiaomi keyingi ikki kun ichida yana uchta flagmani uchun MIUI 11 grafik qobig‘ini taqdim etdi. Bulardan birinchisi Xiaomi Mi 9 flagmani bo‘lib, mazkur apdeyt bilan uning proshivkasi Android 10 operatsion tizim talqinigacha yangilangan.

Shuningdek, flagmanning ixcham versiyasi – Xiaomi Mi 9 SE modeliga o‘tgan oyda xitoycha talqindagi barqaror MIUI 11 tarqatilgan bo‘lsa, endi uning global versiyasi ham yangilana boshladi. Afsuski, uning asosida eng yangi emas, balki Android 9 talqinidagi operatsion tizim yotadi.

Bu ikkalasidan tashqari, mahalliy bozorga mo‘ljallangan Redmi Note 8 Pro (sotib olish) flagmaniga ham MIUI 11 grafik qobig‘iga asoslangan xitoycha proshivka tarqatilmoqda. U ham Android 9 Pie bazasida ishlab chiqilgan yangilanishdir. Darvoqe, ushbu qurilma oktyabr oyida AnTuTu servisining o‘rta narx toifasidagi kuchli smartfonlar reytingida to‘rtinchi o‘rinni olgan.

MIUI 11 proshivkasidagi o‘zgarishlar va yangi imkoniyatlar haqida mana bu maqolamizda ma’lumotlar berganmiz. Xiaomi kompaniyasining aksariyat smartfonlarini 610 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga Terashop.uz’dan xarid qilish mumkin.

O‘QING: Taqdimotidan avval sotilayotgan Redmi Note 8T’ni ishlatib, Redmi Note 8 bilan taqqoslab ko‘ramiz! («jonli» video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!