Nihoyat, Lenovo Z5 taqdim etildi: kompaniya barchani laqillatgan ekan!

  •   DiMaX
  •  2772
  •  05.06.2018 16:07

Nihoyat, Lenovo Z5 taqdim etildi: kompaniya barchani laqillatgan ekan!

Bir necha soat avval Lenovo kompaniyasi o‘zining Z5 rusumli flagman smartfonini rasman namoyish etdi. Aytish kerakki, bu o‘sha – taqdimotidan sal avvalroq «jonli» rasmlari tarqalgan telefonning o‘zi bo‘lib chiqdi.

O‘QING: «Rekordchi romsiz» Lenovo Z5 – inqilobiy smartfonning hamyonbop versiyasini ilk «jonli» suratlarda ko‘ramiz!

Ishlab chiqaruvchi uning kamida to‘rtta texnologiya bo‘yicha rekord o‘rnatayotganini aytib maqtanayotgan edi. Jumladan, shu paytgacha Lenovo Z5 nomli bu smartfonning naq 4 terabaytlik doimiy xotiraga ega ekanligi; mobil fotosuratchilikda burilish yasayotgani; hatto akkumulyatorining quvvati 0 foizga tushganda ham ishlayverishi; bitta to‘la quvvat bilan 45 kungacha ishlay olishi; korpusining orqa paneli shishadan ekanligi aytilgan va old panelini to‘laligicha aks ettirgan surati chiqqan.

Afsuski, yuqorida aytilgan jihatlarning aksariyati Lenovo Z5 modelida yo‘q bo‘lib chiqdi. Unda na butkul romsiz displey, na 4 terabaytlik ichki xotira yo‘q. Shunchaki, iPhone X uslubida «kemtik»li ekranga ega bo‘lgan navbatdagi klon! Hatto orqa qopqog‘ida barmoq izi skaneri ham bor – biror ilg‘or biometrika texnologiyasi ham joriy etilmagan.

O‘QING: Inqilobiy Lenovo Z5 ilk rasmiy tizerlarda: unchalik ham romsiz emas ekan!

Mana, o‘zingiz nazar soling:

Texnik jihatlariga kelsak, Lenovo Z5 modeli diagonaliga 6,2 dyuymlik ekranga ega. Displeyning tasvir aniqligi 2240×1080 pikselni tashkil etadi. Uning «elektron yuragi» tarzida ham eng ilg‘or protsessor emas, balki Snapdragon 636 tanlangan. Smartfonning tezkor xotirasi hajmi 6 gigabaytga teng, doimiy xotirasiga ko‘ra esa 64 va 128 gigabaytli talqinlarda chiqadi. Akkumulyatori 3300 mA/soatlik tok sig‘imiga hamda tezkor quvvatlash texnologiyasiga ega. Old kamera 8 megapikselli, qo‘shaloq asosiy kamera esa 8 va 16 megapikselli sensorlarni o‘z ichiga oladi. Unda suratlar «sun’iy idrok» tizimi orqali qayta ishlanadi.

Lenovo Z5 smartfonining savdolari 12 iyunda Xitoyda boshlanadi. Uning 64 gigabaytlik xotiraga ega versiyasi 1299 yuan (taxminan 203 AQSh dollari), 128 gigabaytligi esa – 1799 yuan (taxminan 281 AQSh dollari) narxida sotuvga qo‘yiladi.

Xullas, shunaqa gaplar – Lenovo barchani laqillatib, «el qatori» smartfonini «mutlaqo romsiz» deb yolg‘ondan shov-shuv ko‘tarib kelgan ekan... Ayni damda eng romsiz, eng innovatsion, eng qimmat smartfon 12 iyunda rasman namoyish qilinishi ma’lum.

O‘QING: Dunyodagi eng innovatsion smartfon: «jonli» suratlar, taqdimot sanasi va rekord narx!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.