5G vasvasasi: Redmi K30 5G ikki soatdayoq talash bo‘ldi!
Xiaomi korporatsiyasining Redmi K30 5G smartfoni hozirda beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ida ishlovchi eng arzon telefon bo‘lib turibdi. Uning 4G-versiyasi avvalroq savdoga qo‘yilgan edi, bugun – 7 yanvardan esa flagmanning 5G-talqini sotila boshladi.
O‘QING: Redmi K30’ning taqdimotda aytilmagan siri fosh bo‘ldi! (+«jonli» video)
Savdo boshlanishi arafasida Redmi K30 5G bilan to‘lgan omborxona suratlari tarqalgan va Xiaomi top-menejerlari bu flagman barchaga yetishini aytishgan edi. Biroq kompaniya rahbari Ley Szun (Lei Jun) bugun ma’lum qilishicha, savdo allaqachon tugagan – xitoyliklar smartfonlarni ikki soatdayoq talashib sotib olishgan!
Redmi K30 5G modelining keyingi partiyasi uch kundan so‘ng – 10 yanvarda savdoga qo‘yiladi. Haliyam uning eng qimmat – 375 dollarlik variantini taklif etishmoqda va shuyam talash bo‘lyapti. Yanada arzon – 285 va 330 dollarlik variantlari esa hali 14 yanvardagina sotuvga chiqadi.
O‘QING: Redmi K30 5G’ning munosib raqibini Samsung tayyorlayapti