Apple iPhone 12'ning to‘liq texnik jihatlari bilan tanishamiz

Apple iPhone 12'ning to‘liq texnik jihatlari bilan tanishamiz

Hozirga qadar iPhone 12 Pro Max, 12 Pro va 12 mini'larning texnik jihatlari bilan tanishgan edik. Endigi navbat iPhone 12'ning o‘ziga yetdi.

iPhone 12 o‘tgan yilgi iPhone 11'dan nafaqat tez ishlashi, balki boshqa qator xususiyatlari, jumladan, oshirilgan chidamliligi, OLED ekrani va 5G aloqasi bilan farqlanadi. Yangi OLED panelining hoshiyalari har qachongidan ingichkaroq. Bundan tashqari, magnetli MagSafe quvvatlash funksiyasi ham bor. iPhone 12, shuningdek, eng yengil iPhone'lardan biri hamdir.

Barcha iPhone 12 modellarining bu yilgi dizaynini butunlay yangicha deb bo‘lmaydi, sababi Apple bir necha yil oldingi iPhone 4 va iPhone 5 modellarining ikonik dizaynini qayta joriy qilgan.

Bu yilgi iPhone'larning eng yaxshi tomoni shuki, agar sizga kichikroq o‘lchamli iPhone kerak bo‘lsa, biror-bir funksiyadan bebahra qolmagan holda, nisbatan arzonroq narxli iPhone 12 mini'ni xarid qilishingiz mumkin. 12 mini bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

...

Apple har gal bahs-munozaralarga sabab bo‘luvchi yangilik joriy etadi. 2020-yil ham bundan mustasno bo‘lmadi. Bu yilgi iPhone'lar qadog‘idan quvvatlagich va EarPods'lar olib tashlandi. O‘ta ingichka qadoq tarkibida smartfondan tashqari faqat USB kabelini topasiz. Ko‘p o‘tmay, bu kabelni ham ko‘rmasligimiz mumkin.

iPhone 12 modelining o‘zidagina mavjud bo‘lgan xususiyatlar qatoriga barcha kameralar uchun Tungi Rejim va Dolby Vision video yozish imkoniyati kiradi.

iPhone 12'ning romlari alyuminiydan ishlangan, Pro/Pro Max'larniki esa zanglamas po‘latdan. Keling endi, smartfonning to‘liq texnik jihatlari bilan tanishamiz.

Apple iPhone 12'ning texnik jihatlari:

> Korpus: «matovoye» sayqalli alyuminiy rom, old panelda oleofobik qoplamali Ceramic Shield, orqa tomonda yaltiroq sayqalli shisha panel, chang va suvdan himoyaning IP68 ko‘rsatkichi; qora, oq, yashil, ko‘k va qizil rang opsiyalari; 146.7 x 71.5 x 7.4 mm, 164 g.

> Displey: 6.1" Retina XDR OLED ekran, 1170 x 2532 piksel rezolyutsiya, 460 piksel/dyuym zichlik, 120Hz sensor sezgirligi, HDR10, Dolby Vision, keng ranglar gammasi, True Tone.

> Chipset: Apple A14 Bionic chipi (5 nm) - olti yadroli (2x3.1 GHz Firestorm + 3.1 GHz Turbostorm'li 4x1.8 GHz Icestorm) Apple CPU'si, to‘rt yadroli Apple grafik protsessori, 16 yadroli 4-avlod Apple NPUsi.

> Xotira: 4GB tezkor, 64/128/256GB doimiy xotira.

> Orqa kamera: ikkita 12MP kamera: • 26 mm asosiy keng burchakli, f/1.6, OIS, PDAF; •13 mm ultrakeng burchakli, f/2.4, 120° ko‘rish maydoni; qo‘shaloq-LED chirog‘i. Tungi Rejim, Smart HDR 3, Deep Fusion.

> Video yozuv: kengroq dinamik diapozonli 2160p@60/30 kadr/sek., 1080p@30/60/120/240 kadr/sek. video yozuv, OIS + EIS, Dolby Vision (faqat 30 kadr/sek.).

> Old kamera: qo‘shkamera: •23 mm 12MP f/2.2 old kamera, HDR rejimi; •3D ToF kamerasi; Tungi Rejim, Smart HDR 3, Deep Fusion. Kengroq dinamik diapozonli 2160p@60/30 kadr/sek., 1080p@30/60/120 kadr/sek. video yozuv, EIS.

> Aloqa: qo‘shaloq-SIM, 5G, 4G; Wi-Fi a/b/g/n/ac/6; Bluetooth 5.0; Lightning porti, A-GPS'li GPS, GLONASS, GALILEO, QZSS; NFC; Apple U1 chipi

> Akkumulyator: 2,815 mAs, 20 Vt tezkor quvvatlash, 15 Qi simsiz quvvatlash (MagSafe)

> Boshqa: Maxsus TrueDepth kamerasidan foydalanuvchi FaceID, stereo karnaylar, Taptic Engine.

Qadoq tarkibi
Apple iPhone 12 smartfoni yengil va o‘ta ingichka qadoqda sotiladi. Qadoq ichida iPhone 12'ning o‘zi bilan birga bir tomoni USB-C ikkinchi tomoni Lightning kabeli bo‘ladi.

Yana yaxshiroq qidirsangiz, SIM kartani chiqaruvchi moslama, bir qancha qo‘llanmalar va bittagina Apple stikerini topasiz. Kelasi yili bular ham yo‘q bo‘lishi mumkin.

O‘QING: Samsung Galaxy S20 FE'ning to‘liq texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.