Galaxy Watch Active – qon bosimini ham o‘lchovchi smart-soat taqdim etildi (+video)

  •   DiMaX
  •  2071
  •  21.02.2019 14:35

Galaxy Watch Active – qon bosimini ham o‘lchovchi smart-soat taqdim etildi (+video)

Xabaringiz borki, Samsung Electronics kompaniyasi 20 fevral kuni San-Fransisko shahrida Galaxy Unpacked tadbirini o‘tkazdi. Unda Galaxy S10 yubiley smartfonlaridan tashqari yana bir qator devayslarini ham namoyish qildi.

O‘QING: Samsung yubiley flagmanlari – Galaxy S10, Galaxy S10+ va Galaxy S10e smartfonlarini namoyish etdi!

Shulardan biri – Galaxy Watch Active rusumli «aqlli» soat bo‘lib, kompaniya unda zamonaviy premial dizayn va «aqlli» texnologiyalarni jamlagan. Ushbu qurilma yupqa va yengil korpusda bo‘lib, bir qator funksiyalari mavjud.

Samsung dasturchilari uning interfeysini yanada minimalistik va foydalanish uchun sodda shaklga keltirishgan. Har bir foydalanuvchi o‘z Galaxy Watch Active devaysini o‘ziga moslab olishi mumkin.

Smart-soat jismoniy (yugurish, velosipedda uchish, eshkak eshish, ellipsda trenirovka va yana 39 turdagi) mashqlar davomida tanaga tushadigan yukni nazorat qila oladi. Shuningdek, u uyqu sifatini, stress darajasini hamda salomatlikning umumiy holatini ham kuzatib boradi. Bulardan tashqari, Galaxy Watch Active kishining qon bosimi darajasini ham nazorat qila oladi. Ammo ayni damda ushbu funksiya faqat AQSh, Kanada, Singapur, Avstraliya va Germaniyadagina amal qiladi.

Galaxy Watch Active o‘lchami 39,5x39,5x10,5 millimetrga, vazni esa 25 grammga teng. Diametri 1,1 dyuymlik displeyning tasvir aniqligi 360x360 piksel bo‘lib, yuzasiga Corning Gorilla Glass 3 himoya shishasi yotqizilgan. Akkumulyatori 230 mA/soatlik bo‘lib, simsiz quvvatlana oladi. Protsessori – 1,15 GGs takt chastotasida ishlovchi, ikki yadroli Exynos 9110. Tezkor va doimiy xotirasi tegishlicha 768 megabayt va 4 gigabaytlik.

«Aqlli» soat Tizen bazasidagi Wearable OS 4.0 operatsion tizimiga ega. Unda Bluetooth 4.2, Wi-Fi b/g/n, NFC, A-GPS/GLONASS modullari bor. Samsung Pay tizimi orqali kontaktsiz to‘lovlarni amalga oshirish uchun unga NFC-chip ham o‘rnatilgan. Korpusi IP68 standartiga ko‘ra suv va changdan himoyalanishdan tashqari, AQShning MIL-STD-810G harbiy standarti talablariga ham javob beradi, yana 5 atmosfera bosimiga dosh bera oladi.

Mana, unga bag‘ishlab tayyorlangan videolavhani ko‘ramiz:

Galaxy Watch Active joriy yilning 8 martidan boshlab, 200 dollaridan sotuvga chiqadi. Terashop.uz internet-do‘konimizda esa 570 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda turli smart-soatlarni sotib olish mumkin. Ayniqsa, shu kunlarda – aksiya doirasida bu xaridingiz yanada yoqimli va manfaatli bo‘ladi.

O‘QING: Sony taqdim etgan «aqlli» tasmacha hatto Apple Watch’dan ham qimmat!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!