Redmi Note 9 5G ham tayyor: atigi 140 dollarlik 5G-smartfon tezkor quvvatlana oladi!

  •   DiMaX
  •  3606
  •  28.03.2020 11:00

Redmi Note 9 5G ham tayyor: atigi 140 dollarlik 5G-smartfon tezkor quvvatlana oladi!

«Xitoycha Apple»ning Redmi K30 Pro hamda Redmi K30 Pro Zoom Edition flagmanlari eng zo‘r – Snapdragon 865 protsessorli eng arzon telefonlardir. Xiaomi bu bilan ham cheklanib qolmadi – u allaqachon dunyodagi eng arzon 5G-smartfonni ham tayyorladi!

O‘QING: Snapdragon 865 chipli eng arzon flagmanlar sotuvga chiqiboq rekord qo‘ydi – bulardan yaxshisi bu yil bo‘lmaydi!

Xitoylik ishonchli tarmoq informatori – Digital Chat Station qiziq ma’lumotni taqdim etdi. Ya’ni, shu kunlarda «Osmon osti saltanati»da Redmi brendining yangi – M2002J9E model raqamli smartfoni sertifikatsiyadan o‘tgan. Manbaning ta’kidlashicha, bu raqam ostida Redmi Note 9 5G modeli yashiringan.

Yana shu manbaning izoh berishicha, kompaniya o‘z yurtida Redmi K30 4G modelini savdodan olib tashlab, o‘rniga mana shu 5G-smartfonni chiqaradi. Redmi Note 9 5G esa atigi 140 dan 210 dollargacha narxi bilan umuman dunyodagi eng arzon 5G-smartfon bo‘lishi kutilmoqda.

O‘QING: Xiaomi narxi 285 dollardan oshuvchi barcha 4G-smartfonlarini yo‘q qilmoqchi!

Xabaringiz bor, kompaniya avvalroq Hindistonda namoyish qilingan smartfoni – Redmi Note 9 Pro modelini Vetnamda Redmi Note 9S nomi ostida sotuvga chiqargan. Shuningdek, hozirda kutilayotgan Pocophone F2 (yoki Poco F2) ham aslida yaqinda taqdim qilingan smartfon – Redmi K30 Pro modelining Hindiston bozori uchun qayta nomlangan kloni ekanligi aniqlangan.

Lekin yangi aniqlangan Redmi Note 9 5G modeli avval chiqqan birortasining qayta nomlangan versiyasi emas, balki butkul original smartfon bo‘ladi. Bunga sabab qilib manbaning ko‘rsatishicha, unda 22 vattlik tezkor quvvatlash texnologiyasi joriy etilgan. Redmi Note 9 Pro hamda Redmi Note 9 Pro Max modellari esa tegishlicha 18 va 33 vattlik texnologiya asosida zaryad oladi.

Redmi Note 9 5G «elektron yuragi» sifatida MediaTek Dimensity 800 5G protsessori qo‘llanilishi taxmin qilinmoqda. Uning taqdimot sanasi va boshqa xususiyatlari hozircha ma’lum emas, bu boradagi yangiliklarni Terabayt.uz bilan birga kuzatishda davom eting.

O‘QING: To‘rtta modeldagi Xiaomi va Redmi smartfonlari egalariga noxush xabar bor

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!