Reklama ko‘rsatgani uchun Xiaomi bittagina sizdan qancha pul topayotganini bilasizmi?

  •   DiMaX
  •  2318
  •  20.03.2019 13:24

Reklama ko‘rsatgani uchun Xiaomi bittagina sizdan qancha pul topayotganini bilasizmi?

Xiaomi smartfonlaridan ishlatayotganlar yaxshi bilishadi – o‘tgan yilning kuzida birdaniga reklama chiqishi ko‘payib ketgandi. Korporatsiya rahbarlaridan biri buni: «Bu – smartfonlarimiz arzonligi evaziga kompensatsiya» qabilida izohlagan.

O‘QING: Samsung, Apple, Xiaomi va Huawei har bir smartfondan qancha sof daromad ko‘radi?

Kuni kecha Xiaomi korporatsiyasi o‘zining o‘tgan yilgi faoliyati bo‘yicha moliyaviy hisobotini e’lon qildi. Ma’lum bo‘lishicha, «xitoycha Apple» internet-servislarda, shuningdek, MIUI proshivkasi orqali reklama ko‘rsatgani uchun ham yaxshigina daromad olayotgan ekan.

Proshivkada ko‘rsatiluvchi reklama kompaniyaning internet-servislar bo‘limiga tegishli bo‘lib, Xiaomi’ga bultur ushbu bo‘limdan tushgan umumiy daromad 2017 yildagiga nisbatan 61,2 foizga o‘sib, 2,38 milliard dollarga yetgan. Mazkur miqdorning 30 foizi bevosita MIUI’dagi hamda o‘yinlardagi reklamaga oiddir.

Ma’lum bo‘lishicha, MIUI foydalanuvchilari soni oyiga 242 million nafarga to‘g‘ri kelyapti, bu borada yillik o‘sish – 41,7 foizga teng. Korporatsiya ularga reklama ko‘rsatgani evaziga bir oyda topadigan daromadi esa har bir mijozga salkam 10 dollardan to‘g‘ri keladi!

Eslatib o‘tamiz, Xiaomi’ning eng arzon Redmi Go hamda «yong‘oqchaqar» Redmi Note 7 smartfonlarini, shuningdek, ilk tugmachali telefoni – Xiaomi Qin 1s modelini ham Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish mumkin.

O‘QING: Xiaomi smartfonlari endi qimmatlaydi – buni shaxsan kompaniya bosh direktori aytdi!