Xiaomi ertagayoq arzon flagmanlar – Mi 9 SE va Mi 9 Lite smartfonlarini ham taqdim etadi!

  •   DiMaX
  •  1576
  •  19.02.2019 10:11

Xiaomi ertagayoq arzon flagmanlar – Mi 9 SE va Mi 9 Lite smartfonlarini ham taqdim etadi!

«Xitoycha Apple» ertaga – 20 fevralda o‘zining Xiaomi Mi 9 flagmani hamda uning premial – Explorer Edition versiyasini ham namoyish etishidan xabarimiz bor. Lekin kechagina paydo bo‘lgan ma’lumotga ko‘ra, ushbu turkumning boshqa vakillari ham mavjud...

O‘QING: 12 GB «operativka»li Mi 9 Explorer Edition rasmiy videorolik va «jonli» suratlarda – uni allaqachon sotishmoqda!

Xiaomi Ecological Chain kompaniyasining vitse-prezidenti Tang Mu (Tang Mu) kecha Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi o‘z rasmiy sahifasida qiziq suratni e’lon qildi. Unda korporatsiyaning yangi mahsulotlari ataylab yashirib qo‘yilgan.

Uning rasman tasdiqlashicha, Xiaomi Mi 9 flagmani taqdimotiga bag‘ishlangan 20 fevraldagi matbuot anjumanida kompaniyaning boshqa mahsulotlari ham namoyish etiladi. Standart modeldan tashqari Mi 9 Explorer Edition talqini ham borligi avvaldan ma’lum, endi esa manbalar yana arzonroq – Xiaomi Mi 9 SE va Xiaomi Mi 9 Lite smartfonlari ham taqdim etilishini aytishmoqda.

Shuningdek, ertaga Xiaomi ikkita LAN portiga va SIM-karta uyachasiga ega ilk routerini ham namoyish etishi kutilmoqda. Terashop.uz internet-do‘konimizda esa allaqachon 189 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda turli routerlarni sotib olish imkoni bor. Ayniqsa, shu kunlarda – aksiya doirasida bu xaridingiz yanada yoqimli va manfaatli bo‘ladi.

O‘QING: Xiaomi ham «yong‘oqchaqar» Redmi Note 7’ni global versiyada jahon bozoriga chiqaryapti!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!