Xiaomi va Redmi smartfonlariga uzoq kutilgan funksiya kela boshladi!

  •   DiMaX
  •  7065
  •  07.09.2020 10:02

Xiaomi va Redmi smartfonlariga uzoq kutilgan funksiya kela boshladi!

Android-smartfonlardagi standart Google Phone (Google Telefon) ilovasidagi qo‘ng‘iroqlarni yozib olish funksiyasi qaytayotgani haqida xabar bergan edik. Mazkur opsiya allaqachon Hindistondagi Nokia smartfonlariga, shuningdek, Xiaomi korporatsiyasi 2018 yili taqdim etilgan «toza» Android tizimli Mi A2 modeliga taqdim etilgan.

O‘QING: Siz kutgan funksiya qaysi Android-smartfonlarga qaytyapti – Google aniqlik kiritdi

Endi esa, Xiaomi hamda Redmi brendi ostidagi ko‘plab mobil qurilmalaridagi Google Phone ilovasi mana shu funksiya bilan yangilandi.

Aytish kerakki, shu paytgacha «Xitoycha Apple»ning faqat Xitoy, Hindiston va Indoneziya uchun ishlab chiqilgan proshivkali smartfonlarida bu imkoniyat bor edi. Endi esa, qo‘ng‘iroqlarni yozib olish funksiyasi uning yevropacha va global proshivkali qurilmalariga ham tarqatilmoqda.

Xiaomi rasmiy hamjamiyatida foydalanuvchilarning tasdiqlashlaricha, Redmi Note 8 Pro, Note 9 Pro, Note 9S, Xiaomi Mi 9T Pro va boshqa ayrim modellardagi Google Phone ilovasida mazkur imkoniyat paydo bo‘lgan. Siz ham smartfoningizdagi yangilanishlarni tekshirib, ushbu ilova sozlamalarini ko‘zdan kechirib qo‘ying.

Xiaomi, Redmi, Poco va Black Shark smartfonlarining global proshivka, global versiya va xitoycha versiyalari, ularning o‘zaro farqi haqida mana bu maqolamizdan batafsil ma’lumot olasiz.

O‘QING: O‘rta narxli o‘nta eng zo‘r smartfon (AnTuTu reytingi, 2020 yil avgust)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!