Ertaga taqdim etilayotgan Meizu 16s flagmanini Xitoydagidan ham arzon olish mumkin!

23 aprelda taqdim etilgach, Meizu 16s flagmanining 6/128 gigabaytlik talqini o‘z yurtida 3499 yuan, ya’ni taxminan 536 AQSh dollariga teng narxda savdoga chiqishi aytilgan.

Barcha flagmanlarni yengib, AnTuTu’da rekord qo‘ygan Nubia Red Magic 3 ilk «jonli» suratlarda!

Nubia Red Magic 3 modeli AnTuTu sinovida boshqa flagmanlardan ham yuqori ball olgan va bunisi endi chinakam rekord! Uning rasmlari esa Xitoyda o‘tkazilgan kibersport tadbirida olingan.

RASMAN: AnTuTu’da barcha flagmanlarni «yer tishlatgan» Meizu 16s taqdimoti ham Xiaomi’ning muhim namoyish kuniga belgilandi

Aftidan, Meizu o‘z tadbirini ataylab shu kunga belgilagan, chunki aynan smartfonlar borasida Xiaomi ikkalasi o‘zaro «teng kuchli» raqiblar hisoblanadi.

AnTuTu testida iPhone XS Max, Galaxy S10+, Mi 9 va boshqalarni «yer tishlatgan» yangi flagman bilan tanishing!

Hali taqdim etilmagan bu flagman bir necha kun avval Geekbench’da Galaxy S10+ bilan kuch sinashgandi. Endi esa uning AnTuTu servisidagi yangi sinov natijasi chiqdi – hayratlanarli!

Galaxy S10’dan ustun, Mi 9 «kushandasi» – Meizu 16s namoyish va savdoga chiqish kuni ma’lum

Meizu 16s ikki modulli bosh kamerasining asosiy sensori 48 MPlik, «elektron yuragi» ham eng zo‘ri – Snapdragon 855, tezkor xotirasi esa 8 gigabaytlikdir.

«Jonli» rasmlar: Hali taqdim etilmagan Meizu 16S benchmarkda Galaxy S10’dan ustun keldi!

Meizu 16S flagmanining Geekbench’dagi natijasi aks etgan «jonli» rasm tarqaldi. Uning samaradorligini hozirgi zamonning eng kuchli smartfonlaridan biri sanalmish Galaxy S10 bilan taqqoslab ko‘rsatishgan.

Meizu «Sevishganlar kuni»da Redmi Note 7 raqibini namoyish etadimi?

Balki, Meizu Note 9 bilan birga yana bitta yangi smartfon taqdim etilar va u Meizu 16s modeli bo‘lar...

Flyme 7 proshivkasi Meizu smartfonlarini, ayniqsa kameralarni yanada yaxshiladi

Kamera imkoniyatlari kengayishidan tashqari, smartfonlarni boshqarish uchun ekranda bajariladigan ishoralar tizimi yangilangan, displey sezuvchanligi yaxshilangan va tizim umumiy ishining samaradorligi oshirilgan.

Xiaomi Redmi’lar «kushanda»si – Face ID va romsiz ekranli, hamyonbop Meizu C9 endi O‘zbekiston bozorida!

«Toza» Android 8.0 Oreo tizimli Meizu C9 akkumulyatori 3000 mA/soatlik, ikkita SIM-karta uyachasidan alohida microSD-sloti, 4G VoLTE, Wi-Fi 802.11 b/g/n, Bluetooth 4.1, GPS + GLONASS modullari bor.

Meizu 16s ham eng kuchli Snapdragon 855 chipiga va Sony IMX850 datchikli 48 MPlik kameraga ega!

Kompaniyaning simsiz quvvatlanuvchi va NFC-modulli ilk modeli – Meizu 16s flagmani eng baquvvat Snapdragon 855 protsessoriga, uning kamerasi esa rekord darajadagi – 48 MPlik Sony IMX580 sensoriga ega!

Atigi 70 dollarlik, ammo romsiz ekran va yuzni tanish funksiyasiga ega Meizu C9 smartfoni taqdim qilindi!

To‘rt yadroli protsessor, 2/16 GBlik xotira va 3000 mA/soatlik akkumulyatorli Meizu C9 ikkita SIM-karta uyachasi, 4G VoLTE, Wi-Fi 802.11 b/g/n, Bluetooth 4.1, GPS + GLONASS modullari bilan ta’minlangan.

Nihoyat, Qualcomm Snapdragon 855 protsessori taqdim etildi va AnTuTu’da rekord o‘rnatdi!

Yangi chipsetning imkoniyatlarini AnTuTu kompaniyasi fosh etdi. Ushbu benchmarkda Snapdragon 855’ni boshqa yakka kristalli ilg‘or protsessorlar – Snapdragon 845, Exynos 9820 va Kirin 980 bilan taqqoslab ko‘rishdi.

Galaxy A8s’ning yana bir raqibi – «teshik» ekranli Lenovo Z5s «jonli» surati bilan fosh etildi!

Taniqli insayderlardan biri o‘z Twitter-akkaunti orqali Lenovo Z5s smartfonining rasmiy posterini e’lon qildi. Shuningdek, TENAA saytida uning «jonli» surati ham e’lon qilingan.

Meizu 16S flagmanining surati e’lon qilindi: uch modulli kamera va... «tirqish»li ekran!

Meizu 16S orqa panelida bosh kameraning uchta moduli va fotochaqnoq tikka joylashgan. Mutlaqo romsiz displeyga daktiloskop integratsiya qilinishidan tashqari, burchagida old kamera uchun «tirqish» ham ochilgan!

Rasman: Meizu 16s smartfoni NFC’li bo‘lib, simsiz ham quvvatlanadi

Kompaniya prezidenti Xuan Chjan (Huang Zhang) shaxsan o‘zi e’lon qilishicha, Meizu 16s modeli hozirgi avlod flagmanining dizaynini to‘lig‘icha saqlab qolsa-da, «ichki dunyosi» yanada ilg‘or bo‘ladi.

Snapdragon 8150 protsessorli Meizu 16s flagmani ilk suratda!

Meizu 16s romsiz ekranli dizaynga ega; unda ham daktiloskopik datchik displeyning o‘ziga joriy etiladi. Shuningdek, an’anaviy 3,5 millimetrlik quloqchin tirqishi ham saqlanib qoladi.

Meizu 16 flagmani va bu brendning boshqa smartfonlarini Terashop.uz’dan oling (2018 yil 16 noyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul eltib beriladi!

Buyurtma Toshkent shahri bo‘yicha 12 ish soati, viloyatlarga esa ikki ish kunida yetib boradi! Terashop.uz’da qulay to‘lov shakllari (naqd pul, terminal va Payme tizimi orqali elektron to‘lovlar) joriy etilgan.

Meizu Note 8 Plus – to‘rt modulli kameraga ega ikkinchi smartfon!

Ayni damda bunaqa kamerofon yagona – Samsung Galaxy A9 hisoblanadi. Meizu Note 8 Plus fabletida bo‘lsa asosiy kamera optik datchiklari Huawei P20 turkumi flagmanlaridagi kabi joylashgan.

Meizu 16s ham Galaxy S10 va Mi 9 darajasida kuchli bo‘lyapti!

Ushbu kompaniya barchani lol qoldirishga yanada qattiqroq bel bog‘lagan ko‘rinadi: u navbatdagi flagmaniga hali rasman taqdim etilmagan, eng ilg‘or Qualcomm Snapdragon 8150 protsessorini o‘rnatyapti.

Meizu 16S flagmanining ham taqdimoti yaqin

Meizu 16S modelining «elektron yuragi» sifatida Qualcomm’ning hozircha rasman taqdim etilmagan Snapdragon 8150 protsessori qo‘llanishi kutilmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш