Twitter uzoq kutilgan funksiyaga ega bo‘ldi (+video)

Ayni damda ushbu imkoniyat Twitter servisining iOS hamda Android uchun ishlangan ilovalarida hamda mobil veb-versiyasida amal qilmoqda. Uning desktop veb-versiyasida hozircha bu funksiya ishga tushmagan.

Bu mashhur fotomodel bitta Instagram-posti uchun qancha pul olishini tasavvur ham qilolmaysiz!

Reklamada o‘z suratini ruxsatsiz ishlatganligi sababli u Missguided USA’ni sudga berib, naq 5 million AQSh dollari miqdorida pul to‘lashini talab qilgan!

O‘zbekistonda o‘quvchilar uchun maxsus mobil aloqa dasturini ishlab chiqilishi mumkin

«School mobile» mobil aloqa dasturi ta’lim maskanlarida mobil aloqa vositalarini taqiqlashdan ko‘ra ko‘proq samara berib, dars vaqtida o‘quvchining diqqatini jamlashi, chuqur bilim olishiga xizmat qiladi.

Hukumatni tanqid qiluvchi eng yirik Telegram-kanal muallifi fosh bo‘ldi, ammo u yo‘lidan qaytmoqchi emas!

BBC nashri bilan 2 may kuni bo‘lib o‘tgan intervyuda blogerning o‘zi tan olgan – 353 mingdan oshiq obunachiga ega shu kanalni chindan ham u yaratgan va yuritib kelayotgan ekan.

Windows’ni fleshkaning o‘ziga o‘rnatib olib, istalgan kompyuterda ishga tushiramiz!

Fleshkaga Windows’ni o‘rnatib qo‘ysangiz, uni istalgan kompyuter yoki noutbukka tiqib, foydalanaverasiz – o‘zingiz bilan noutbuk ko‘tarib yurishga hojat bo‘lmaydi.

«Yandeks Xarita» endi Toshkentdagi jamoat transporti yo‘nalishlarini ko‘rsatmoqda!

«Yandeks Xarita» xizmatida Toshkentdagi jamoat transporti yo‘nalishlari paydo bo‘ldi. Uning yordamida kerakli joyga avtobus, metro yoki yo‘nalishli taksi bilan qanday borishni bilish mumkin.

Telegram’da jiddiy xatolik: barcha shaxsiy ma’lumot va yozishmalaringizni SIM-kartaning yangi egasi ko‘ra oladi!

Yuliya yangi telefon raqami orqali Telegram-akkaunti ochgach, kutilmaganda «Hasan»ga aylanib qolgan! Ya’ni, shu raqamning avvalgi egasi – Hasanning akkaunti unda to‘lig‘icha, kontaktlariyu chatlarigacha tiklangan.

Barcha Android-qurilmalar uchun Telegram X ilovasida yirik yangilanish!

Telegram X messenjerining Android uchun ishlangan kliyenti nihoyat uzoq kutilgan yangilanishga ega bo‘ldi. Unda foydalanuvchilarga bir qator qulaylik va yangi imkoniyatlar mavjud.

iPhone va Android-smartfonlarda endi Google Assistant bolalarga ertak aytib beradi!

Buning uchun Google Play Books ilovasining so‘nggi versiyasini o‘rnatish kerak. Keyin esa Google Assistant’ga: «Hey Google Tell Me A Story», ya’ni «Hoy Google, menga biror hikoya aytib ber», deyish kifoya.

Google sovriniga da’vogar ilova va o‘yinlar bilan tanishing!

Bu yilgi Google Play Awards mukofotiga da’vogarlar soni 45 ta bo‘lib, ular to‘qqizta toifa bo‘yicha o‘zaro musobaqalashadilar.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш