PlayStation 4 uchun «Qasoskorlar» xaridorlariga sovg‘a bor!

PS5 pristavkasiga mo‘ljallangan «Qasoskorlar»da tasvir aniqligi yuqori darajada, soyalantirish va filtrlash yaxshilangan. Bundan tashqari, uni ikki xil rejimda o‘ynash mumkin bo‘ladi.

Afsonaviy turkumning yangi o‘yininini butunlay bepul olib qo‘yishga ulguring! (+video)

Rayman Redemption’ni xabarda ko‘rsatilgan havola orqali butunlay bepul yuklab olish mumkin. Lekin shoshilganingiz ma’qul, chunki Ubisoft muallifni ko‘chirmakashlikda ayblab, bu o‘yinni oldirib tashlashi mumkin.

Superqahramonlar fayting-o‘yinini 25 iyungacha PS4, Xbox hamda kompyuterga butunlay va bepul olib qo‘ying (+video)

Injustice: Gods Among Us o‘yinini shu muddatda olib qo‘ygach, uyog‘iga bepul o‘ynayverish mumkin. Jamlanmaga qo‘shimcha xaritalar, DLC-personajlar va kostyumlar ham kiritilgan.

Indiana Jons izidan: bu sarguzasht o‘yinni 25 iyungacha olib qo‘yib, bir umr bepul o‘ynang!

Pathway – sarguzasht o‘yin bo‘lib, undagi voqealar o‘tgan asrning 30-yillarida kechadi. Artefaktlar, turli maxluqlar, sirli maqbaralar – xullas, bu o‘yinga Indiana Jons filmlari ruhini singdirishgan.

Jahon rekordchisi ilk sifatli «jonli» rasmda: Qualcomm atay shu geymerofon uchun eksklyuziv protsessor tayyorlab bergan!

AnTuTu servisida jahon rekordini yangilagaan smartfon orqa panelidagi logotip ichkaridan yoritiluvchi ekanini, yana «Republic of Gamers» o‘rniga bu gal «Tencent Games» yozuvi tushirilganini ko‘ramiz.

Assassin’s Creed Origins uch kunga bepul bo‘ldi: Kleopatra bilan yonma-yon jangga tayyormisiz? (+video)

Assassin’s Creed Origins voqealari Qadimgi Misrda bo‘lib o‘tadi – bosh qahramon unda Kleopatraga fuqarolar urushida yordam beradi. Ptolemeya XIII’ga qarshi jangda u ilk assasinlar jamoasini tuzishga intiladi.

PlayStation 5’ga tayyorlanayotgan oltmishdan oshiq o‘yin va chiqish vaqtlari uchta ro‘yxatda!

O‘ntasi PlayStation 5 uchun eksklyuziv o‘yinlar bo‘lib, boshqa pristavkalarga va kompyuterlarga umuman chiqmaydi. Ikkitasi vaqtinchalik eksklyuziv hisoblanadi, qolganlari esa boshqa platformalarga ham chiqadi.

Afsonaviy va qadrdon Counter-Strike’ni endi brauzerning o‘zidanoq o‘ynay olasiz!

Buning uchun xabarda ko‘rsatilgan havola orqali havaskorlar tayyorlagan loyihaning saytiga kirish va avtorizatsiyadan o‘tish, keyin esa mos keluvchi o‘yin rejimi va xaritaga ega serverni tanlash kifoya.

Eng serdaromad mobil o‘yinlar: bittasining o‘zi bir oydayoq 226 million dollardan oshiq foyda keltirdi!

Sensor Tower kompaniyasi 2020 yilning may oyi holatiga ko‘ra mobil o‘yinlarning qancha daromad keltirgani borasidagi tadqiqotlari natijalarini e’lon qildi.

PlayStation 5 o‘yinlarining rasmiy ro‘yxati va qoyilmaqom treylerlari

Sony yangi avlod konsolining taqdimot tadbirida unga chiqadigan o‘yinlar ro‘yxatini ham aytgan. Ular orasida PlayStation 5 uchun eksklyuzivlari ham, hozirgi pristavkalarda o‘ynash mumkin bo‘lganlari ham bor.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш