O‘zbekistonda ilk bor jurnalist va blogerlarga yangi Huawei P30 turkumi smartfonlari kamera imkoniyatlari namoyish etildi!

Poytaxtimizda o‘tkazilgan birinchi uchrashuv dunyo bo‘yicha jadal ravishda rivojlanib borayotgan mobil suratga olish san’ati mavzusiga bag‘ishlandi. Bu haqda Terabayt.uz muxbiri xabar bermoqda.

Samsung hatto eng arzon – Galaxy J smartfonlarini ham Android 9 Pie’gacha yangilay boshladi

Ushbu smartfonlarga apdeyt nafaqat to‘qqizinchi avlod Android Pie versiyasini, balki yangilangan One UI interfeysini hamda apreldagi xavfsizlik patchlarini ham olib keladi.

AnTuTu rekordchisi – Nubia Red Magic 3 geymerofoni endi Geekbench’da hammani lol qoldirdi!

Benchmark uning asosiy texnik xususiyatlarini ham tasdiqlagan: Snapdragon 855 protsessori, 8 gigabaytlik tezkor xotira va Android 9.0 Pie tizimi. Uning samaradorligi esa rekord darajada!

Xiaomi Mi A3 ham yangi Snapdragon 730 chipiga ega – u Galaxy A80 bilan bellashadi!

Xiaomi’ning Hindistondagi bo‘limi rahbari hamkorlik uchun Qualcomm kompaniyasiga minnatdorchilik bildirib, ikki hafta ichida uning 700-seriyadagi yangi protsessori asosida smartfon taqdim etilishini yozgan.

iPhone va Android-smartfonlarda endi Google Assistant bolalarga ertak aytib beradi!

Buning uchun Google Play Books ilovasining so‘nggi versiyasini o‘rnatish kerak. Keyin esa Google Assistant’ga: «Hey Google Tell Me A Story», ya’ni «Hoy Google, menga biror hikoya aytib ber», deyish kifoya.

Hamyonbop P Smart Z – kamerasi korpusdan chiquvchi ilk Huawei smartfoni rasmiy suratda!

Kirin 710 chipli va 4/64 GBlik xotirali Huawei P Smart Z ekrani 6,6 dyuymlik va Full HD+ formatida. Bosh kamera sun’iy idrokli bo‘lib, 16+2 MPlik, old kamera esa 16 MPlik modullarga ega.

Google tugmachali telefonlar uchun ham Android operatsion tizimini tayyorlayapti!

Taxminlarga ko‘ra, Google tugmachali telefonlarga mo‘ljallangan yangicha Android tizimini KaiOS operatsion tizimiga raqobatchi sifatida maydonga tushiradi.

Dunyodagi birinchi LCD-ekran uchun mo‘ljallangan displey osti barmoq izi skaneri taqdim etildi. Endi arzon smartfonlar ham ajoyib funksiyaga ega bo‘lishi mumkin!

Hozirda ekranning o‘ziga o‘rnatilgan daktiloskop faqat flagman va o‘rtachadan yuqori darajadagi smarfonlarga o‘rnatilayapti. Buning uchun ishlab chiqaruvchilar OLED-ekran ishlatishga majbur bo‘lishmoqda.

Xiaomi g‘ayrioddiy ko‘rinishdagi “anti-kemtik”li smartfonni patentladi

Smartfon ishlab chiqaruvchilar to‘liq romsiz dizayn yaratish maqsadida old kamera konstruksiyasi ustida ko‘plab eksperimentlar olib bormoqda. Xitoyning Xiaomi kompaniyasi ham shu borada o‘zining noodatiy yechimini taklif etgan.

Oppo A9 taqdim qilindi: katta xotira va yirik akkumulyator!

Oppo kompaniyasi Xitoy bozoriga mo‘ljallangan 267 dollar narxli yangi A9 smartfonini taqdim etdi. Namoyish bo‘lib o‘tganiga qaramasdan, smartfonga qaysi protsessor o‘rnatilgani aytilmadi. Ammo bu MediaTek Helio P70 ekanligi taxmin qilinmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш